QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Isra surasi · Oyatсураси · Оят85

وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلرُّوحِ ۖ قُلِ ٱلرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّى وَمَآ أُوتِيتُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ إِلَّا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sendan ruh haqida so`rarlar. Sen: «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt.Ва сендан руҳ ҳақида сўрарлар. Сен: «Руҳ Роббимнинг ишидир. Сизга жуда оз илм берилгандир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan ruh-jon haqida soʻraydilar. Ayting: «Ruh yolgʻiz Parvardigorim biladigan ishlardandir». Sizlarga juda oz ilm berilgandir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиздан руҳ-жон ҳақида сўрайдилар. Айтинг: «Руҳ ёлғиз Парвардигорим биладиган ишлардандир». Сизларга жуда оз илм берилгандир.

290-sahifa · 15-juz · 29-hizb290-саҳифа · 15-жуз · 29-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْـَٔلُونَكَva sendan soʻrarlarва сендан сўрарларعَنِhaqidaҳақидаٱلرُّوحِ ۖruhруҳقُلِdeb aytдеб айтٱلرُّوحُruhруҳمِنْ-dan-данأَمْرِishiишиرَبِّىRobbimningРоббимнингوَمَآva emasва эмасأُوتِيتُمsizga berilgandirсизга берилгандирمِّنَ-dan-данٱلْعِلْمِilmилмإِلَّاfaqatфақатقَلِيلًۭاjuda ozжуда оз
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning nozil boʻlishi sababi haqida ikki rivoyat keltiriladi.

Imom Ahmad ibn Hanbal, imom Nasaiy, Hokim va Ibn Hibbon kabi muhaddislar hazrati Abdulloh ibn Abbosdan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Qurayshliklar yahudiylarga:

«Bizga bir narsa oʻrgating, manavi odamdan soʻraylik», deyishdi. Ular:

«Ruh haqida soʻranglar», dedilar. Shunda qurayshliklar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan ruh haqida soʻradilar. Bu soʻrovga javoban: «Va sendan ruh haqida soʻrarlar», oyati nozil boʻldi».

Imom Buxoriy va imom Muslim hazrati Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa, quyidagilar aytiladi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Madiyna koʻchalaridan birida borar edim. U kishi bir shoxga tayanib olgan edilar. Shu payt bir guruh yahudiylar duch keldilar. Ular bir-birlariga: «Bundan ruh haqida soʻranglar», dedilar. Ulardan baʼzilari oʻrinlaridan turib kelib ruh haqida soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam javob bermay, jim turib qoldilar. Men u zot sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelayotganini darhol sezdim. Turgan joyimda kutdim. Vahiy nuzuli toʻxtagandan soʻng, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Va sendan ruh haqida soʻrarlar», oyatini tilovat qildilar».

Shuning uchun ham, tafsirchi ulamolarimiz, ushbu oyati karima ikki marta, yaʼni, Makkada bir, Madiynada bir nozil boʻlgan, deydilar.

Shu masalada kelgan boshqa rivoyatlarga koʻra, yahudiylar ruh haqidagi savolga Allohdan boshqa hech kim javob bera olmasligini avvaldan bilganlar. Tavrotda shu haqda maʼlumot boʻlgan. Ular qurayshliklarga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan ruh haqida soʻrashni oʻrgatishlari bilan barobar, agar javob bersa, Paygʻambar emas, javob bermasa, haqiqiy Paygʻambar boʻladi, deyishgan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqiqiy Paygʻambar boʻlganlari uchun ham, ruh va uning mohiyati haqidagi savollarga javob bermadilar. Alloh taolo bergan javobni ularga oʻqib berdilar. Bu javob:

«Ruh Robbimning ishidir», deyishlik edi. Ruh, uning mohiyati va unga tegishli boshqa narsalar Allohning ishi, bandaning ishi emas. Banda qanchalik maqtanmasin, ilmi ozdir:

«Sizga juda oz ilm berilgandir».

Bandaning ana shu oz ilm bilan gerdayishi ham olamni oladi. Aslida esa, oʻz idroki yetadigan, oʻziga foyda keltiradigan narsalarni bildirgan Allohga shukr etib, qolganini Allohga havola qilishi kerak edi. Insonning hamma narsasi cheklangandir. Jumladan, aqli, idroki ham mahduddir. U aqli, idroki doirasidagi ishlar ila shugʻullanib, undan tashqaridagi narsalar xususida behuda bosh qotirmasligi kerak. Bular qatoriga ruh masalasi ham kiradi. Hozirgacha insonning ruh haqida biror narsa bilish uchun qilgan barcha harakatlari behuda ketdi. Ruh haqida hech narsa bila olmadi. Inson ruh haqida bilgan birdan-bir narsa Alloh yuborgan vahiy, xolos.

Lekin Alloh xohlasa, oʻsha vahiyni ham qaytarib olib qoʻyishi mumkin: