قُل لَّئِنِ ٱجْتَمَعَتِ ٱلْإِنسُ وَٱلْجِنُّ عَلَىٰٓ أَن يَأْتُوا۟ بِمِثْلِ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لَا يَأْتُونَ بِمِثْلِهِۦ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Agar insu jinlar to`planib, ushbu Qur'onga o`xshash narsa keltirmoqchi bo`lsalar, bunda ba'zilari ba'zilariga yordamchi bo`lsalar ham, unga o`xshashini keltira olmaslar», deb ayt.«Агар инсу жинлар тўпланиб, ушбу Қуръонга ўхшаш нарса келтирмоқчи бўлсалар, бунда баъзилари баъзиларига ёрдамчи бўлсалар ҳам, унга ўхшашини келтира олмаслар», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Qasamki, agar bor insu jin mana shu Qurʼonni oʻxshashini keltirish yoʻlida birlashib, bir-birlariga yordamchi boʻlsalar-da, uning oʻxshashini keltira olmaslar».Айтинг: «Қасамки, агар бор инсу жин мана шу Қуръонни ўхшашини келтириш йўлида бирлашиб, бир-бирларига ёрдамчи бўлсалар-да, унинг ўхшашини келтира олмаслар».
Barcha insonlarga ham, jinlarga ham juda oz ilm berilgandir. Hatto, ular ruh haqida hech narsa bila olmay hayrondir. Modomiki, shunday ekan, hammalari bir boʻlib, oʻzaro yordamlashib harakat qilsalar ham, Qurʼonga oʻxshash narsa keltira olmaydilar. Qurʼon soʻzlari kabi soʻzlar tuza olmaydilar. Qurʼon jumlalari kabi jumlalar topa olmaydilar. Lekin Qurʼoni Karimning moʻʼjizakorligi faqat soʻz, gap, balogʻat-fasohat yoki uslub jihatidan emas, balki insoniyatning barcha mushkulotlarini hal qilishida, unga ikki dunyo saodatini ato etuvchi mukammal va abadiy, har zamon va har makonga mos dastur taqdim qilishida hamdir. Bunday ilohiy dasturni hech kim, hatto dunyodagi barcha insonlarga barcha jinlar qoʻshilib, bir- birlariga yordam berib uringanlarida ham yarata olmaydilar.
Ular Qurʼonga oʻxshash narsa keltirish u yoqda tursin, shu bor Qurʼonni toʻgʻri anglashga ham ojizlik qiladilar.