أَفَحَسِبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَن يَتَّخِذُوا۟ عِبَادِى مِن دُونِىٓ أَوْلِيَآءَ ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَـٰفِرِينَ نُزُلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki kufr keltirganlar Meni qo`yib bandalarimni valiy — iloh qilib olishni gumon qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz.Ёки куфр келтирганлар Мени қўйиб бандаларимни валий — илоҳ қилиб олишни гумон қилдиларми?! Албатта, Биз жаҳаннамни кофирларга манзил этиб тайёрлаганмиз.Alauddin Mansour: Yoki kofir boʻlgan kimsalar, Meni qoʻyib, bandalarimni doʻst tutishni (Oʻzim yaratgan farishtalar yoki Iyso kabi paygʻambarni iloh deb sigʻinishni) oʻyladilarmi?! Shak-shubhasiz, Biz jahannamni kofirlar tushadigan joy qilib qoʻygandirmiz.Ёки кофир бўлган кимсалар, Мени қўйиб, бандаларимни дўст тутишни (Ўзим яратган фаришталар ёки Ийсо каби пайғамбарни илоҳ деб сиғинишни) ўйладиларми?! Шак-шубҳасиз, Биз жаҳаннамни кофирлар тушадиган жой қилиб қўйгандирмиз.
Bu inkorli soʻrov jumlasi kofirlarning jahannamga tushishlarining yana bir sababini, yaʼni, Allohga shirk keltirganlarini bayon qilmoqda.
«Yoki kufr keltirganlar Meni qoʻyib bandalarimni valiy– iloh qilib olishni gumon qildilarmi?!»
Kofirlar orasida bu dunyoda Allohning bandalarini oʻzlariga xudo qilib olganlari ham boʻldi. Buning oqibatida oʻzlari uchun Alloh tomonidan tayyorlab qoʻyilgan manzilga–doʻzaxga tushadilar.
«Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz.»
Surai karimaning xotimasidagi oyatlarda ishlar va kishilar qadrining oʻlchovi haqida soʻz ketadi:
Ey Paygʻambar!