قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُم بِٱلْأَخْسَرِينَ أَعْمَـٰلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ziyonkorlarning xabarini beraymi?Сен: «Сизга амаллари юзасидан энг зиёнкорларнинг хабарини берайми?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Sizlarga qilgan ish-amallaridan eng koʻp ziyon koʻrguvchi kimsalarning xabarini beraylikmi?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Сизларга қилган иш-амалларидан энг кўп зиён кўргувчи кимсаларнинг хабарини берайликми?!
Ey Muhammad, sen odamlarga: bu dunyoda qilgan amallari tufayli eng ziyonkor boʻluvchilar kim ekanini xabar qilaymi, aytib beraymi, degin. Ularning qilgan amallari, oxiratga qolish u yoqda tursin, bu dunyoning oʻzidayoq botil boʻladi. Qilgan saʼyi-harakatlari befoyda boʻladi. Holbuki, ular oʻzlaricha, juda yaxshi ish qilyapmiz, deb oʻylaydilar. Ana shunday odamlar kim ekanini aytib beraymi?