ٱلَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular bu dunyo hayotidayoq sa'yi-harakatlari botil bo`lgan, o`zlari esa, go`zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», degin.Улар бу дунё ҳаётидаёқ саъйи-ҳаракатлари ботил бўлган, ўзлари эса, гўзал иш қиляпман, деб ҳисоблайдиганлардир», дегин.Alauddin Mansour: Ular (kofir boʻlganlari sababli) qilgan saʼy-harakatlari hayoti dunyodayoq yoʻq boʻlib ketgan-u, ammo (nodonliklari sababli) oʻzlarini chiroyli — yaxshi amal qilayotgan kishilar, deb hisoblaydigan kimsalardir!»Улар (кофир бўлганлари сабабли) қилган саъй-ҳаракатлари ҳаёти дунёдаёқ йўқ бўлиб кетган-у, аммо (нодонликлари сабабли) ўзларини чиройли — яхши амал қилаётган кишилар, деб ҳисоблайдиган кимсалардир!»
Ey Muhammad, sen odamlarga: bu dunyoda qilgan amallari tufayli eng ziyonkor boʻluvchilar kim ekanini xabar qilaymi, aytib beraymi, degin. Ularning qilgan amallari, oxiratga qolish u yoqda tursin, bu dunyoning oʻzidayoq botil boʻladi. Qilgan saʼyi-harakatlari befoyda boʻladi. Holbuki, ular oʻzlaricha, juda yaxshi ish qilyapmiz, deb oʻylaydilar. Ana shunday odamlar kim ekanini aytib beraymi?