ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُمْ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُوا۟ وَٱتَّخَذُوٓا۟ ءَايَـٰتِى وَرُسُلِى هُزُوًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuningdek, kufr keltirganlari va Mening oyatlarim va Payg`ambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazosi jahannamdir.Шунингдек, куфр келтирганлари ва Менинг оятларим ва Пайғамбарларимни масхара қилганлари сабабли уларнинг жазоси жаҳаннамдир.Alauddin Mansour: Kofir boʻlganlari hamda Mening oyatlarimni va paygʻambarlarimni masxara qilganlari sababli, ularning jazolari oʻsha jahannamdir!Кофир бўлганлари ҳамда Менинг оятларимни ва пайғамбарларимни масхара қилганлари сабабли, уларнинг жазолари ўша жаҳаннамдир!
Ushbu oyati karimada doʻzax egalarining doʻzaxiy boʻlishlariga sabab boʻlgan narsalardan uchtasi zikr qilinmoqda:
Birinchisi:
«kufr keltirganlari» sababli ularning jazosi jahannamdir.
Ha, kofirlik doʻzaxga kirishning bosh sababidir. Kufrdan saqlanish lozim.
Ikkinchi va uchinchisi:
«Mening oyatlarim va Paygʻambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazosi jahannamdir».
Alloh taoloning oyatlarini masxara qilish kufrning eng koʻzga koʻringan turlaridan biridir.
Alloh taoloning Paygʻambarlarini masxara qilish ham ayni shu gumrohlikning oʻzi.
Shuning uchun, zinhor va zinhor Qurʼoni Karim va uning oyati karimalari, Paygʻambarimiz alayhissalomning shaxslari va u zotning taʼlimotlari, hadislariga til tekkizib boʻlmaydi.
Kofirlarning qadr-qiymati, qilgan ishlarining vazni va oxiroqibatlari qanday boʻlishi zikridan keyin moʻminlarning holi bayoniga oʻtiladi: