QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят44

هُنَالِكَ ٱلْوَلَـٰيَةُ لِلَّهِ ٱلْحَقِّ ۚ هُوَ خَيْرٌ ثَوَابًا وَخَيْرٌ عُقْبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunday maqomda haq nusrat Allohga xosdir. U yaxshi savobli va yaxshi oqibatli Zotdir.Бундай мақомда ҳақ нусрат Аллоҳга хосдир. У яхши савобли ва яхши оқибатли Зотдир.Alauddin Mansour: U joyda (Qiyomat Kunida) ham saltanat Haq taolonikidir. U eng yaxshi savob — mukofot ato etguvchi va eng xayrli oqibatni berguvchi Zotdir.У жойда (Қиёмат Кунида) ҳам салтанат Ҳақ таолоникидир. У энг яхши савоб — мукофот ато этгувчи ва энг хайрли оқибатни бергувчи Зотдир.

298-sahifa · 15-juz · 30-hizb298-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُنَالِكَbunday maqomdaбундай мақомдаٱلْوَلَـٰيَةُnusrat (valiylik)нусрат (валийлик)لِلَّهِAllohga xosdirАллоҳга хосдирٱلْحَقِّ ۚhaqҳақهُوَUУخَيْرٌۭyaxshiroqdirяхшироқдирثَوَابًۭاsavob jihatidanсавоб жиҳатиданوَخَيْرٌva yaxshiroqdirва яхшироқдирعُقْبًۭاoqibat jihatidanоқибат жиҳатидан
TafsirТафсир

Ha, bunday maqomda Allohdan oʻzga hech kim birovga nusrat bera olmaydi. Haq nusratni faqat Allohning Oʻzigina beradi. Alloh bu dunyoda ham, u dunyoda ham yaxshi savob beradi. Unga iymon keltirib, ibodat qilganning oqibati albatta yaxshi boʻladi.

Shu yerda bogʻ egasining qissasi tugaydi. Undan koʻplab ibratli fikrlarni chiqarib olsak boʻladi. Eng muhimi–kofirlik, nonkoʻrlik, haqiqiy neʼmat beruvchini tan olmaslik, hamma narsani molu dunyo va bola-chaqa bilan oʻlchashlikning oqibati ikki dunyoda ham yaxshilikka olib kelmasligi va, aksincha, iymonli boʻlish, Allohga ibodat qilib, har bir narsa faqat Uning quvvati ila boʻlishini doimo tan olib turish ikki dunyo saodatiga olib borishini anglab yetishimizdir.

Keyingi keladigan oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, Quraysh kofirlariga va ular orqali boshqa kofirlarga ham yana bir misol keltirishni topshirmoqda: