QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят45

وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَـٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ فَأَصْبَحَ هَشِيمًا تَذْرُوهُ ٱلرِّيَـٰحُ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ مُّقْتَدِرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir bo`lgan Zotdir.Уларга дунё ҳаётининг мисолини келтир. У, Биз осмондан туширган сувга ўхшайди. Унинг сабаби ила ер набототлари аралашиб чиқди. Бас, хашакка айланиб, уни шамол учириб кетди. Аллоҳ ҳар бир нарсага қодир бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring, (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz osmondan yogʻdirib (avval — kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib-chirmashib ketur, soʻngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xas-xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir boʻlgan Zotdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, одамларга) ҳаёти дунё мисолини келтиринг, (У) худди бир сув кабидирки, Биз осмондан ёғдириб (аввал — киши ҳаётининг баҳорида) у сабабли замин набототи (бир-бирига) аралашиб-чирмашиб кетур, сўнгра (ҳаёт кузи келгач) шамоллар учириб кетадиган хас-хашакка айланиб қолур. Аллоҳ ҳамма нарсага қодир бўлган Зотдир.

298-sahifa · 15-juz · 30-hizb298-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱضْرِبْva keltirва келтирلَهُمulargaуларгаمَّثَلَmisoliniмисолиниٱلْحَيَوٰةِhayotningҳаётнингٱلدُّنْيَاdunyoдунёكَمَآءٍsuvga oʻxshaydirсувга ўхшайдирأَنزَلْنَـٰهُBiz uni tushirdikБиз уни туширдикمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданفَٱخْتَلَطَbas, aralashib chiqdiбас, аралашиб чиқдиبِهِۦuning sababi ilaунинг сабаби илаنَبَاتُnabototlariнабототлариٱلْأَرْضِyerningернингفَأَصْبَحَbas, aylandiбас, айландиهَشِيمًۭاxashakkaхашаккаتَذْرُوهُuni uchiradiganуни учирадиганٱلرِّيَـٰحُ ۗshamollarшамолларوَكَانَva boʻlgan zotdirва бўлган зотдирٱللَّهُAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّharҳарشَىْءٍۢbir narsagaбир нарсагаمُّقْتَدِرًاqodirқодир
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda dunyo hayotini, uning goʻzalligi va lazzatlarini yerdan unib chiqadigan nabototlarga oʻxshatmoqda. Yomgʻir yoqqanida koʻzni quvontiruvchi yam-yashil oʻsimliklar oʻsib chiqqandek, kishiga yangi hayot berilganida ham bu dunyo unga goʻzal, yosh, chiroyli va lazzatli koʻrinadi. Ammo, vaqt oʻtishi bilan, nabototlar qurib, xashakka aylanib, ularni shamol uchirib ketgani singari, hayotning ham oʻtkinchi ekanligi ayon boʻlib qoladi. Shuning uchun, oʻtkinchi narsaga aldanib qolmaslik kerak. Qodir Allohni hech qachon unutmasdan, oxiratga, abadiy hayotga tayyorgarlik koʻrish lozim. Bu dunyoning zebu ziynatiga aldanishning oqibati yaxshi boʻlmaydi.