QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят46

ٱلْمَالُ وَٱلْبَنُونَ زِينَةُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَٱلْبَـٰقِيَـٰتُ ٱلصَّـٰلِحَـٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ أَمَلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir.Мол-мулк, бола-чақа ҳаёти дунё зийнатидир. Боқий қолгувчи солиҳ амаллар Роббинг ҳузурида савоб ва умид жиҳатидан яхшироқдир.Alauddin Mansour: Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir).Мол-мулк, бола-чақа шу ҳаёти дунё зийнатидир. Парвардигорингиз наздида эса (абадий) қолгувчи яхши амаллар савоблироқ ва орзулироқ (орзу қилишга арзирлироқдир).

299-sahifa · 15-juz · 30-hizb299-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْمَالُmol-mulkмол-мулкوَٱلْبَنُونَva bola-chaqaва бола-чақаزِينَةُziynatidirзийнатидирٱلْحَيَوٰةِhayotningҳаётнингٱلدُّنْيَا ۖdunyoдунёوَٱلْبَـٰقِيَـٰتُva boqiy qolguvchiва боқий қолгувчиٱلصَّـٰلِحَـٰتُsolih amallarсолиҳ амалларخَيْرٌyaxshiroqdirяхшироқдирعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّكَRobbingРоббингثَوَابًۭاsavob jihatidanсавоб жиҳатиданوَخَيْرٌva yaxshiroqdirва яхшироқдирأَمَلًۭاumid jihatidanумид жиҳатидан
TafsirТафсир

Ha, molu mulk, bola-chaqa bu dunyoning ziynatidir, ammo qiymati emasdir. Maʼlumki, ziynat ortiqcha havas uchun qilinadi. Islomda ziynatga ham halol-pok boʻlish sharti ila izn berilgan. Ammo, ziynatlar hayot qadrini oʻlchovchi qiymatga aylantirilmagan. Ziynatga ziynat deb qaralgan. Ha,

«Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir».

Islomda boqiy qoluvchi solih amallar qiymat sanaladi. Har bir insonga uning iymoni va yaxshi amaliga qarab qiymat beriladi. Ha, faqat:

«Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir».

Dunyo hayoti ziynatlarining qiymati yoʻqdir. Ularga savob ham berilmaydi, ularning ortidan biron narsa umid ham qilib boʻlmaydi.

Bu dunyoning arzimasligi, hamma gap oxiratdaligi bayonidan keyin qiyomat kunining baʼzi holatlari zikr qilinadi: