وَيَوْمَ نُسَيِّرُ ٱلْجِبَالَ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ بَارِزَةً وَحَشَرْنَـٰهُمْ فَلَمْ نُغَادِرْ مِنْهُمْ أَحَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tog`larni yurgizadigan kunimizni va yerni yap-yalang`och ko`radigan kuningni esla! O`shanda ularni jamlaymiz va biron kishini qo`ymaymiz.Тоғларни юргизадиган кунимизни ва ерни яп-яланғоч кўрадиган кунингни эсла! Ўшанда уларни жамлаймиз ва бирон кишини қўймаймиз.Alauddin Mansour: Biz togʻlarni (bulutlar yangligʻ) yurgizadigan va siz (barchangiz) Yerni ochiq-yalangʻoch (togʻ-toshlarsiz, bogʻ-rogʻlarsiz) koʻradigan Kunni (yaʼni, Qiyomatni eslangiz)! (U Kunda) Biz ulardan birontasini qoʻymay yigʻdik.Биз тоғларни (булутлар янглиғ) юргизадиган ва сиз (барчангиз) Ерни очиқ-яланғоч (тоғ-тошларсиз, боғ-роғларсиз) кўрадиган Кунни (яъни, Қиёматни эслангиз)! (У Кунда) Биз улардан биронтасини қўймай йиғдик.
Qiyomat kuni dahshatidan togʻlar yurgizilganini koʻrasan. Inson koʻz oʻngida eng ulkan, sabotli va hech narsadan taʼsirlanmaydigan togʻlar ham qiyomat kuni titilgan jun kabi maydalanib, havoda uchib yuradi.
Yer yuzidagi hamma narsa barbod boʻlib, yerning oʻzi yap-yalangʻoch boʻlib qoladi. Bu ham qiyomatning qanchalik dahshatli ekanini koʻrsatib turibdi.
«Oʻshanda ularni jamlaymiz va biron kishini qoʻymaymiz.»
Yaʼni, mazkur hodisalar kechadigan qiyomat kunida Alloh taolo hamma odamlarni jamlaydi, biron kishini qoʻymay, hammani toʻplaydi.