QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят48

وَعُرِضُوا۟ عَلَىٰ رَبِّكَ صَفًّا لَّقَدْ جِئْتُمُونَا كَمَا خَلَقْنَـٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۭ ۚ بَلْ زَعَمْتُمْ أَلَّن نَّجْعَلَ لَكُم مَّوْعِدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbingga safga tortilgan hollarida ro`baro` qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt va'da qilganimiz yo`q, deb o`ylar edingiz», (deyildi).Ва Роббингга сафга тортилган ҳолларида рўбарў қилиндилар. «Батаҳқиқ, сизларни аввал қандай яратган бўлсак, шундай Бизга келдингиз. Аммо сиз Бизни ҳеч жой ва вақт ваъда қилганимиз йўқ, деб ўйлар эдингиз», (дейилди).Alauddin Mansour: Ular saf tortgan hollarida Parvardigoringizga roʻbaroʻ qilindilar (va Biz ularga aytdik): «Mana, sizlarni avval-boshda qanday yaratgan boʻlsak, shunday holda (yaʼni, mol-dunyo, bola-chaqalaringizni tark qilib, yalangʻoch holingizda) huzurimizga keldingiz. Balki Bizni, sizlarga vaʼda qilingan Kunni (yaʼni, Qiyomatni paydo) qila olmas, deb oʻylagandirsizlar?!»Улар саф тортган ҳолларида Парвардигорингизга рўбарў қилиндилар (ва Биз уларга айтдик): «Мана, сизларни аввал-бошда қандай яратган бўлсак, шундай ҳолда (яъни, мол-дунё, бола-чақаларингизни тарк қилиб, яланғоч ҳолингизда) ҳузуримизга келдингиз. Балки Бизни, сизларга ваъда қилинган Кунни (яъни, Қиёматни пайдо) қила олмас, деб ўйлагандирсизлар?!»

299-sahifa · 15-juz · 30-hizb299-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعُرِضُوا۟va roʻbaroʻ qilindilarва рўбарў қилиндиларعَلَىٰ-ga-гаرَبِّكَRobbinggaРоббинггаصَفًّۭاsaf tortgan holdaсаф тортган ҳолдаلَّقَدْbatahqiqбатаҳқиқجِئْتُمُونَاBizga keldingizБизга келдингизكَمَاqandayқандайخَلَقْنَـٰكُمْsizlarni yaratgan boʻlsakсизларни яратган бўлсакأَوَّلَavvalаввалمَرَّةٍۭ ۚmartaмартаبَلْammoаммоزَعَمْتُمْsiz oʻylar edingizсиз ўйлар эдингизأَلَّنhargiz emas debҳаргиз эмас дебنَّجْعَلَqilamizқиламизلَكُمsizlargaсизларгаمَّوْعِدًۭاvaʼda qilingan vaqtваъда қилинган вақт
TafsirТафсир

Ana oʻshanday toʻs-toʻpolon kunda kofirlar Allohning huzuriga saf qilib olib kelinadi. Hamma taqdirga tan berib, boshlarini egib, qatorlashib turadi. Shunda ularga qarata:

«Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan boʻlsak, shunday Bizga keldingiz», deyiladi.

Yaʼni, onadan yangi tugʻilganday holda qayta tirilib huzurimga keldingiz. Molu dunyongiz, bola-chaqangiz, xizmatchi-mardikoringiz, mansab-amalingiz va doʻst-yoringiz u dunyoda qolib ketdi. Qani endi aytinglar-chi, qiyomat haq ekanmi? Endi koʻrdingizmi? Endi Biz vaʼda qilgan qiyomat haq ekaniga ishondingizmi?

«Ammo siz Bizni hech joy va vaqt vaʼda qilganimiz yoʻq, deb oʻylar edingiz.»

Vaʼda qilingan qiyomat kuniga, mahshardagi toʻplanish joyiga ishonmas edingiz. Mana, vaʼda qilingan oʻsha vaqt–qiyomat kuni qoim boʻldi. Mana, vaʼda qilingan oʻsha joyda–mahsharda saf tortib turibsiz. Endi sizga vaʼda qilingan jazolarni beramiz. Endi oʻzingizdan koʻraverasiz.