QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят49

وَوُضِعَ ٱلْكِتَـٰبُ فَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَـٰوَيْلَتَنَا مَالِ هَـٰذَا ٱلْكِتَـٰبِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً إِلَّآ أَحْصَىٰهَا ۚ وَوَجَدُوا۟ مَا عَمِلُوا۟ حَاضِرًا ۗ وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kitob qo`yildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo`rqqan hollarida ko`rasan. Ular: «Voy, sho`rimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qo`ymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas.Ва китоб қўйилди. Бас, жиноятчиларни ундаги нарсадан қўрққан ҳолларида кўрасан. Улар: «Вой, шўримиз қурисин. Бу қандай китоб, кичикни ҳам, каттани ҳам ҳеч қўймай ҳисоб қилибди-я», дерлар. Ва қилган амалларини ҳозир ҳолда топдилар. Роббинг ҳеч кимга зулм қилмас.Alauddin Mansour: (Soʻng har bir kishining) nomai aʼmoli oʻrtaga qoʻyilur. Bas, gunohkorlarning unda (bitilgan) narsalardan dahshatga tushib: «Bizlarga halokat boʻlgʻay, bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab-bitib qoʻyibdi», deyishlarini koʻrursiz. Ular qilib oʻtgan barcha amallarini hoziru nozir holda topurlar. Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas.(Сўнг ҳар бир кишининг) номаи аъмоли ўртага қўйилур. Бас, гуноҳкорларнинг унда (битилган) нарсалардан даҳшатга тушиб: «Бизларга ҳалокат бўлғай, бу қандоқ китобки, на кичик ва на катта (гуноҳни) қолдирмай, барчасини ҳисоблаб-битиб қўйибди», дейишларини кўрурсиз. Улар қилиб ўтган барча амалларини ҳозиру нозир ҳолда топурлар. Парвардигорингиз ҳеч кимга зулм қилмас.

299-sahifa · 15-juz · 30-hizb299-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَوُضِعَva qoʻyildiва қўйилдиٱلْكِتَـٰبُkitobкитобفَتَرَىbas, koʻrasanбас, кўрасанٱلْمُجْرِمِينَjinoyatchilarniжиноятчиларниمُشْفِقِينَqoʻrqqan hollaridaқўрққан ҳолларидаمِمَّاnarsadanнарсаданفِيهِundagiундагиوَيَقُولُونَva derlarва дерларيَـٰوَيْلَتَنَاvoy, shoʻrimiz qurisinвой, шўримиз қурисинمَالِne boʻldiне бўлдиهَـٰذَاbuбуٱلْكِتَـٰبِkitobgaкитобгаلَاemasэмасيُغَادِرُqoʻyadiқўядиصَغِيرَةًۭkichikniкичикниوَلَاva emasва эмасكَبِيرَةًkattaniкаттаниإِلَّآmagarмагарأَحْصَىٰهَا ۚhisob qilibdiҳисоб қилибдиوَوَجَدُوا۟va topdilarва топдиларمَاnarsaniнарсаниعَمِلُوا۟qilganlariniқилганлариниحَاضِرًۭا ۗhozir holdaҳозир ҳолдаوَلَاva emasва эмасيَظْلِمُzulm qiladiзулм қиладиرَبُّكَRobbingРоббингأَحَدًۭاhech kimgaҳеч кимга
TafsirТафсир

Soʻngra, ularning oldilariga nomai aʼmol qoʻyiladi.

«Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qoʻrqqan hollarida koʻrasan.»

Chunki, ular nomai aʼmol kitoblarini olganlarida, bu dunyodagi hamma amallari bekamu koʻst bitib qoʻyilganini koʻradilar. Kofirlar–jinoyatchilar bu dunyoda yomon ish qilib oʻtganlar. Oʻsha yomon ishlarining kattayu kichik hammasi yozib qoʻyilganini koʻrganlaridan keyin, oʻzlari qiyin holda turganlari sababli, yana ham qoʻrqib ketadilar. Chunki, ular endi har bir jinoyatlari uchun jazo tortishlarini aniq biladilar.

«Ular: «Voy, shoʻrimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qoʻymay hisob qilibdi-ya», derlar.»

Bu dunyoda beparvo yurib, gunohlarni qilavergan edilar. Qiyomat qoim boʻlishiga, qayta tirilishga, hisob-kitob boʻlishiga va har kim amaliga yarasha jazo yoki mukofot olishiga ishonmas edilar. Endi qiyomat qoim boʻldi, nomai aʼmollari–bu dunyoda qilgan amallari yozilgan kitoblari qoʻllariga tegdi. Kitobga nazar solsalar, kattayu kichik hamma amallari yozib qoʻyilibdi. Bu haqiqatni tan olishdan boshqa ilojlari yoʻq. Endi ular «voy shoʻrim» demasdan, kim «voy shoʻrim» desin!

«Robbing hech kimga zulm qilmas.»

Hammaga qilgan amaliga yarasha jazo yoki mukofot beradi.

Doimo, qadimdan shunday boʻlib kelgan. Bu dunyoda kibr ila, Allohga isyonda, kofir holda oʻtganlarning holiga voy boʻlgan.

Iymonli va itoatlilarning oqibati esa, yaxshilik bilan tugagan. Bunga insoniyat tarixidagi birinchi voqea ham dalil boʻla oladi.