QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят50

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ ٱلْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِۦٓ ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُۥ وَذُرِّيَّتَهُۥٓ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِى وَهُمْ لَكُمْ عَدُوٌّۢ ۚ بِئْسَ لِلظَّـٰلِمِينَ بَدَلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, o`shanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan bo`lgan edi. U o`z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qo`yib uni va uning zurriyotlarini do`st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir.Фаришталарга: «Одамга сажда қилинглар», деганимизни эсла. Бас, ўшанда улар сажда қилдилар. Магар иблис қилмади. У жиндан бўлган эди. У ўз Роббининг амридан чиқди. Энди сизлар мени қўйиб уни ва унинг зурриётларини дўст қилиб оласизларми?! Ҳолбуки, у сизларга душман-ку! У, золимлар учун нақадар ёмон бадалдир.Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), farishtalarga Odamga taʼzim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga boʻyinsunishdan bosh tortdi. Endi sizlar (ey Odam bolalari), Meni qoʻyib, uni (yaʼni, iblisni) va zurriyotlarini doʻst tururmisiz?! Ular sizlarga dushman-ku! U (iblis) zolim kimsalar uchun (Allohning oʻrniga ibodat qilinadigan) naqadar yomon «badal oʻrinbosardir».Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), фаришталарга Одамга таъзим қилинг, дейишимиз билан саждага эгилдилар. Фақат иблис (сажда қилмади). У жинлардан эди. Бас, Парвардигорининг амрига бўйинсунишдан бош тортди. Энди сизлар (эй Одам болалари), Мени қўйиб, уни (яъни, иблисни) ва зурриётларини дўст турурмисиз?! Улар сизларга душман-ку! У (иблис) золим кимсалар учун (Аллоҳнинг ўрнига ибодат қилинадиган) нақадар ёмон «бадал ўринбосардир».

299-sahifa · 15-juz · 30-hizb299-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, qachonkiва эсла, қачонкиقُلْنَاBiz aytdikБиз айтдикلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаٱسْجُدُوا۟sajda qilinglarсажда қилингларلِـَٔادَمَOdamgaОдамгаفَسَجَدُوٓا۟bas, sajda qildilarбас, сажда қилдиларإِلَّآmagarмагарإِبْلِيسَIblis (qilmadi)Иблис (қилмади)كَانَu ediу эдиمِنَ-dan-данٱلْجِنِّjindanжинданفَفَسَقَbas, chiqdiбас, чиқдиعَنْ-dan-данأَمْرِamridanамриданرَبِّهِۦٓ ۗoʻz Robbiningўз Роббинингأَفَتَتَّخِذُونَهُۥendi uni olasizlarmiэнди уни оласизлармиوَذُرِّيَّتَهُۥٓva uning zurriyotlariniва унинг зурриётлариниأَوْلِيَآءَdoʻstlar qilibдўстлар қилибمِن-dan-данدُونِىMeni qoʻyibМени қўйибوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларلَكُمْsizlargaсизларгаعَدُوٌّۢ ۚdushmanдушманبِئْسَnaqadar yomonнақадар ёмонلِلظَّـٰلِمِينَzolimlar uchunзолимлар учунبَدَلًۭاbadaldirбадалдир
TafsirТафсир

Kofiru mushriklar–jinoyatchilar isyonlari bilan aslida kimga ergashayotganlarini biladilarmi? Bu savolga javob berish uchun Alloh taologa nisbatan qilingan birinchi isyonni eslash kerak. Birinchi isyon qachon va kim tarafidan sodir boʻlganini bilish uchun esa:

«Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla».

Bu oʻsha mashhur qissaga ishora. Alloh taolo Odam Atoni tuproqdan Oʻz qudrati bilan yaratib, unga jon kirgizganidan soʻng, farishtalarga Odamga sajda qilishni buyurdi.

«Bas, oʻshanda ular sajda qildilar.»

Farishtalar Allohning amriga boʻysunib, odamga sajda qildilar. Uni izzat-ikrom etdilar.

«Magar iblis qilmadi.»

Iblis Odamga sajda qilmadi.

«U jindan boʻlgan edi.»

Demak, iblisning asli jindir. Baʼzilar gumon qilganidek, farishtadan emas.

«U oʻz Robbining amridan chiqdi.»

Robbi unga Odamga sajda etishni buyurdi, u amrga boʻysunmadi— odamga sajda qilmadi. Natijada, Allohning laʼnatiga uchradi.

«Endi sizlar Meni qoʻyib uni va uning zurriyotlarini doʻst qilib olasizlarmi?!»

Ularga qoʻshilib Menga isyon qilasizlarmi, Mening amrimdan chiqasizlarmi?!

«Holbuki, u sizlarga dushman-ku!»

Qaysi aql bilan dushmanning aytganini qilasiz, uning yoʻlidan yurasiz?!

«U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir.»

Iblis kofirlar tomonidan Allohning oʻrniga qoʻyilgan juda ham yomon badaldir. Aslida, inson bu dunyoda Allohga toat qilib, Uning amriga boʻyinsunib yashamogʻi lozim edi. Ammo Allohga toat etmasligi va Uning amriga boʻyinsunmasligi ila iblisga toat qiladigan va uning yoʻliga yuradigan boʻlib qoldi. Rohmanni qoʻyib, shaytonni tanladi. Shaytonni Rohmanga almashtirib oldi. Uning bu ishi naqadar yomon badaldir.

Nima sababdan ular bunday qiladilar? Axir: