QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят51

۞ مَّآ أَشْهَدتُّهُمْ خَلْقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنفُسِهِمْ وَمَا كُنتُ مُتَّخِذَ ٱلْمُضِلِّينَ عَضُدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na o`zlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman.Мен уларни на осмонлару ерни яратишга ва на ўзларини яратишга гувоҳ қилганман ва адаштиргувчиларни ёрдамчи қилиб олган эмасман.Alauddin Mansour: Men ularni (iblis va uning zurriyotini) osmonlar va Yerni yaratishga va na oʻzlarini yaratishga guvoh qilgan emasman (yaʼni, ular Yeru osmonlar qanday yaralganini ham, oʻzlari qanday yaralganliklarini ham mutlaqo bilmaydilar, bularning barchasini yolgʻiz Oʻzim yaratganman), shuningdek, bu yoʻldan ozdirguvchilarni (Oʻzimga) yordamchi ham qilib olganim yoʻq (bas, sizlar nechun ularga ibodat qilursizlar)?!Мен уларни (иблис ва унинг зурриётини) осмонлар ва Ерни яратишга ва на ўзларини яратишга гувоҳ қилган эмасман (яъни, улар Еру осмонлар қандай яралганини ҳам, ўзлари қандай яралганликларини ҳам мутлақо билмайдилар, буларнинг барчасини ёлғиз Ўзим яратганман), шунингдек, бу йўлдан оздиргувчиларни (Ўзимга) ёрдамчи ҳам қилиб олганим йўқ (бас, сизлар нечун уларга ибодат қилурсизлар)?!

299-sahifa · 15-juz · 30-hizb299-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ مَّآemasэмасأَشْهَدتُّهُمْularni guvoh qilganmanуларни гувоҳ қилганманخَلْقَyaratishgaяратишгаٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضِva yerniва ерниوَلَاva naва наخَلْقَyaratishgaяратишгаأَنفُسِهِمْoʻzlariniўзлариниوَمَاva emasва эмасكُنتُMen boʻlganmanМен бўлганманمُتَّخِذَolguvchiолгувчиٱلْمُضِلِّينَadashtirguvchilarniадаштиргувчиларниعَضُدًۭاyordamchi qilibёрдамчи қилиб
TafsirТафсир

Yaʼni, nima uchun odamlar shayton va uning zurriyotlarini doʻst tutadilar? Axir, ularda hech qanday bunga loyiq xislat yoʻq-ku. Shaytonlar biror narsani yaratganlari yoʻqki, ularni odamlar doʻst tutsalar.

«Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na oʻzlarini yaratishga guvoh qilganman...»

Yaʼni, oʻsha shaytonlar biror narsani yaratish u yoqda tursin, hatto oʻzlarining yaratilishlariga ham guvoh boʻlgan emaslar. Yaʼni, hatto oʻzlarining qanday qilib yaratilganlarini ham bilmaydilar. Qanday qilib ularga ergashish, ularni doʻst tutish mumkin?

«...va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman.»

Mabodo, farazan, Alloh yordamchi oladi, deb oʻylansa ham, shayton Unga yordamchi boʻla olmaydi. Kelib-kelib oʻshani yordamchi qilib oladimi? Axir, shayton odamlarni Allohning yoʻlidan ozdirguvchiku. Kelib-kelib, Alloh dushmanlarni, oʻzining laʼnatiga uchraganlarni yordamchi qilib oladimi? Demak, shaytonni doʻst tutishga hech qanday sabab yoʻq. Qanday qilib odamlar uni doʻst tutadilar?! Uni Allohga sherik qiladilar.