وَيَوْمَ يَقُولُ نَادُوا۟ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُمْ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُم مَّوْبِقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Sizlar Mening «sheriklarim» deb o`ylaganlaringizni chaqiring», degan kunida ularni chaqirdilar. Bas, ular javob bermadilar va ularning orasiga halokatgoh qilmishmiz.У зот: «Сизлар Менинг «шерикларим» деб ўйлаганларингизни чақиринг», деган кунида уларни чақирдилар. Бас, улар жавоб бермадилар ва уларнинг орасига ҳалокатгоҳ қилмишмиз.Alauddin Mansour: U Kunda (Qiyomat qoyim boʻlganida, Alloh): «Sizlar Mening sheriklarim deb oʻylagan butlaringizni) chaqiringiz», der. Bas, (mushriklar) ularni chorlaganlarida, (ular) javob qila olmaydilar. (Chunki) Biz ularning oʻrtalarida halokat chohini (doʻzaxni) paydo qilib qoʻygandirmiz.У Кунда (Қиёмат қойим бўлганида, Аллоҳ): «Сизлар Менинг шерикларим деб ўйлаган бутларингизни) чақирингиз», дер. Бас, (мушриклар) уларни чорлаганларида, (улар) жавоб қила олмайдилар. (Чунки) Биз уларнинг ўрталарида ҳалокат чоҳини (дўзахни) пайдо қилиб қўйгандирмиз.
Yaʼni, qiyomat kuni Alloh taolo mushriklarga: dunyo hayoti davomida Menga «sherik» deb gumon qilib yurganlaringiz butlarni, sanamlarni, turli shaxslar va narsalarni, jumladan, shaytonlarni chaqiringlar, deb aytadi. Shunda mushriklar ularni chaqiradilar. Ammo, ular Allohning «sherigi» deb oʻylab yurgan oʻsha narsalar chaqiriqlariga javob bera olmaydi. Chunki, ular aslida bunga qodir emas. Buning ustiga, qiyomat kuni Alloh mushriklar bilan ular eʼtiqod qilib yurgan soxta xudolar orasiga halokatgohni–jahannamni paydo qilib qoʻygan boʻladi. Ana shunday tahlikali vaqtda: