وَرَءَا ٱلْمُجْرِمُونَ ٱلنَّارَ فَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُم مُّوَاقِعُوهَا وَلَمْ يَجِدُوا۟ عَنْهَا مَصْرِفًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jinoyatchilar do`zaxni ko`rurlar va, albatta, unga tushuvchi ekanlariga ishonarlar va undan qochar joy topmaslar.Жиноятчилар дўзахни кўрурлар ва, албатта, унга тушувчи эканларига ишонарлар ва ундан қочар жой топмаслар.Alauddin Mansour: Gunohkor kimsalar doʻzaxni koʻrib, oʻzlarining unga tushuvchi ekanliklarini oʻyladilar, ammo undan qocharga joy topmadilar.Гуноҳкор кимсалар дўзахни кўриб, ўзларининг унга тушувчи эканликларини ўйладилар, аммо ундан қочарга жой топмадилар.
Allohning tayyorlab qoʻygan doʻzaxidan qochib boʻladimi? Bu joydan qochish fursatini u dunyoda boy berganlar. Yorugʻ dunyoda iymon va Islomda yashaganlarida, bu joydan najot topardilar. Yorugʻ dunyoda Qurʼonga ergashganlarida, oʻsha doʻzaxdan saqlangan boʻlardilar.