QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят54

وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِلنَّاسِ مِن كُلِّ مَثَلٍ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَـٰنُ أَكْثَرَ شَىْءٍ جَدَلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, bu Qur'onda odamlar uchun turli masallar bayon qildik. Inson, o`zi, ko`p tortishuvchi bo`lgan edi.Батаҳқиқ, бу Қуръонда одамлар учун турли масаллар баён қилдик. Инсон, ўзи, кўп тортишувчи бўлган эди.Alauddin Mansour: Biz bu Qurʼonda odamlarga (pand-nasihat olishlari uchun) turli masallar bayon qildik. Darhaqiqat, inson juda koʻp janjal-bahs qilguvchidir.Биз бу Қуръонда одамларга (панд-насиҳат олишлари учун) турли масаллар баён қилдик. Дарҳақиқат, инсон жуда кўп жанжал-баҳс қилгувчидир.

300-sahifa · 15-juz · 30-hizb300-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқصَرَّفْنَاbayon qildikбаён қилдикفِى-da-даهَـٰذَاbuбуٱلْقُرْءَانِQurʼondaҚуръондаلِلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунمِن-dan-данكُلِّharҳарمَثَلٍۢ ۚturli masallarтурли масалларوَكَانَva boʻlgan ediва бўлган эдиٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонأَكْثَرَeng koʻpэнг кўпشَىْءٍۢnarsadanнарсаданجَدَلًۭاtortishuvchiтортишувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo insonga bu dunyo hayotida abadiy saodatga erishish, oxirat azobidan qutulish uchun omil qilib Qurʼonni bergan edi. Uni dastur etib olishni buyurgan edi. Qurʼonda hamma narsani batafsil bayon ham qilgan edi. Inson oʻsha ulugʻ Qurʼonga ergashganida, maqsadiga yetardi. Ammo u, Alloh yaratgan maxluqot ichida eng koʻp tortishuvchi, har narsaga eʼtiroz qiluvchi, talashuvchi boʻlib chiqdi. Qurʼonga ham iymon keltirib, amal qilib ketavermay, u haqda ham tortishuv bilan ovora boʻldi. Qurʼon haqida, unda batafsil bayon etilgan narsalar va uning hukmlari haqida oʻzicha bahslar yuritdi, talashib-tortishdi. Avvalo, Qurʼon Allohning kalomi ekaniga ishonmay, bahslashdi. Keyin Qurʼonga amal qilish ustida tortishdi. Undan keyin, Qurʼon hukmlari eskirib qolgan, deb ham koʻrdi. Oxir-oqibat oʻziga yomon boʻldi. Bu dunyoda kulfat bilan yashab oʻtdi. Oxiratda esa, mana, ishi rasvo boʻlib turibdi.