وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓا۟ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰ وَيَسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّهُمْ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ قُبُلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilariga istig`for aytishlaridan faqatgina avvalgilarning sunnati kelishini yoki ochiq azob kelishini kutishlari to`sdi, xolos.Одамларни уларга ҳидоят келганида иймон келтиришларидан ва Роббиларига истиғфор айтишларидан фақатгина аввалгиларнинг суннати келишини ёки очиқ азоб келишини кутишлари тўсди, холос.Alauddin Mansour: Odamlarga hidoyat kelgan paytida, ular iymon keltirishlaridan va Parvardigordan magʻfirat soʻrashlaridan faqat ularga oʻtganlarning sunnati — halokatlari kelishi yoki ochiq azob kelishini (kutishlarigina) toʻsdi (yaʼni, ular avvalgi kofir kimsalarga tushgan halokatga yo azobga loyiq ekanliklarigina ularni moʻmin boʻlishdan manʼ qildi).Одамларга ҳидоят келган пайтида, улар иймон келтиришларидан ва Парвардигордан мағфират сўрашларидан фақат уларга ўтганларнинг суннати — ҳалокатлари келиши ёки очиқ азоб келишини (кутишларигина) тўсди (яъни, улар аввалги кофир кимсаларга тушган ҳалокатга ё азобга лойиқ эканликларигина уларни мўмин бўлишдан манъ қилди).
Alloh taolo barcha odamlarga hidoyat oʻlaroq Qurʼonni tushirdi, Paygʻambar yubordi. Hamma narsani ochiq-oydin bayon qildi. Odamlar xursand boʻlib, Allohga va U yuborgan hidoyatga iymon keltirishlari lozim edi. Ana unda ishlari yaxshi boʻlardi. Ammo ular bunday qilmadilar. Ular: agar Alloh, Paygʻambar, Qurʼon degan narsalar haq-rost boʻlsa, nima uchun biz ularga iymon keltirmasak ham, hech narsa boʻlmayapti; agar ular rost boʻlsa, iymon keltirmaganlar avvalgi iymon keltirmaganlarga oʻxshab halok boʻlishlari kerak edi-ku, dedilar. Avvalgilarning sunnati–iymonsizliklari uchun halokatga uchrashlari yoki ularga azobning ochiq-oydin kelishi bular ustida sodir boʻlmagani uchun iymon ham keltirmay, Robbilariga istigʻfor ham aytmay yurishaveradi. Holbuki: