QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят56

وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۚ وَيُجَـٰدِلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِٱلْبَـٰطِلِ لِيُدْحِضُوا۟ بِهِ ٱلْحَقَّ ۖ وَٱتَّخَذُوٓا۟ ءَايَـٰتِى وَمَآ أُنذِرُوا۟ هُزُوًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz Payg`ambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos. Kufr keltirganlar esa, botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi bo`lurlar. Hamda Mening oyatlarimdan va o`zlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar.Биз Пайғамбарларни башорат бергувчи ва огоҳлантиргувчи қилиб юборурмиз, холос. Куфр келтирганлар эса, ботил ила мунозара қилиб, у билан ҳақни енгмоқчи бўлурлар. Ҳамда Менинг оятларимдан ва ўзлари огоҳлантирилган нарсадан истеҳзо қилурлар.Alauddin Mansour: Biz paygʻambarlarni faqat (moʻminlarga jannat) xushxabarini eltuvchi va (kofirlarni doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi boʻlgan hollaridagina yuborurmiz. Kofir boʻlgan kimsalar esa botil (hujjatlar) bilan talashib-tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi boʻlurlar hamda Mening oyatlarimni va oʻzlari ogohlantirilgan narsani (yaʼni, Oxirat azobini) masxara qilib kulurlar.Биз пайғамбарларни фақат (мўминларга жаннат) хушхабарини элтувчи ва (кофирларни дўзах азобидан) огоҳлантиргувчи бўлган ҳолларидагина юборурмиз. Кофир бўлган кимсалар эса ботил (ҳужжатлар) билан талашиб-тортишиб, унинг ёрдамида Ҳақни енгмоқчи бўлурлар ҳамда Менинг оятларимни ва ўзлари огоҳлантирилган нарсани (яъни, Охират азобини) масхара қилиб кулурлар.

300-sahifa · 15-juz · 30-hizb300-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасنُرْسِلُyuboramizюборамизٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarniПайғамбарларниإِلَّاfaqatфақатمُبَشِّرِينَbashorat berguvchi qilibбашорат бергувчи қилибوَمُنذِرِينَ ۚva ogohlantirguvchi qilibва огоҳлантиргувчи қилибوَيُجَـٰدِلُva munozara qilurlarва мунозара қилурларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларبِٱلْبَـٰطِلِbotil ilaботил илаلِيُدْحِضُوا۟yengmoqchi boʻlibенгмоқчи бўлибبِهِu bilanу биланٱلْحَقَّ ۖhaqniҳақниوَٱتَّخَذُوٓا۟va oldilarва олдиларءَايَـٰتِىMening oyatlarimniМенинг оятларимниوَمَآva narsaniва нарсаниأُنذِرُوا۟oʻzlari ogohlantirilganўзлари огоҳлантирилганهُزُوًۭاistehzo qilibистеҳзо қилиб
TafsirТафсир

Biz Paygʻambarlarni odamlarga hidoyat olib keluvchi, iymon keltirib, ibodat qilganlarga bashorat beruvchi va kufr keltirib, isyon etganlarga ogohlantiruvchi qilib yuborganmiz, xolos. Ha,

«Biz Paygʻambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos».

Ularni halokat olib kelish yoki azobni ochiq koʻrsatib qoʻyish uchun yuborganimiz yoʻq.

«Kufr keltirganlar esa (buni tushunmay, oʻzlaricha) botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi boʻlurlar.»

Kofirlar, aslida, iymonni xohlaganlari uchun turli moʻʼjizalarni, jumladan, oʻtganlarga kelgan azoblar oʻzlariga kelishini yoki azobning ochiq-oydin kelishini talab qilmaydilar, balki botil ularni shu koʻyga soladi. Ular shu yoʻsinda Paygʻambarga kelgan haqni yoʻqqa chiqarmoqchi boʻladilar. Shu bilan ular:

«Mening oyatlarimdan va oʻzlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar».