QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят57

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِۦ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِىَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ ۚ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ۖ وَإِن تَدْعُهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ فَلَن يَهْتَدُوٓا۟ إِذًا أَبَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz o`girib, o`zi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz u(Qur'on)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga og`irlik qilib qo`ydik. Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar.Роббининг оятлари ила эслатилганда, улардан юз ўгириб, ўзи қилган(гуноҳ)ларни унутган кимсадан ҳам золимроқ одам борми?! Албатта, Биз у(Қуръон)ни англамасликлари учун уларнинг дилларига пардалар ва қулоқларига оғирлик қилиб қўйдик. Агар уларни ҳидоятга чақирсанг ҳам, ҳаргиз ҳидоят топмаслар.Alauddin Mansour: Parvardigorining oyatlari bilan pand-nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan, oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Darhaqiqat, Biz (Qurʼonni) anglamasliklari uchun ularning dillarini pardalab, quloqlarini ogʻir qilib qoʻydik. Demak, agar siz ularni hidoyat — haq yoʻlga chaqirsangiz ham hargiz hidoyat topmaslar.Парвардигорининг оятлари билан панд-насиҳат қилингач, улардан юз ўгирган, ўзи қилиб ўтган гуноҳларини унутиб қўйган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?! Дарҳақиқат, Биз (Қуръонни) англамасликлари учун уларнинг дилларини пардалаб, қулоқларини оғир қилиб қўйдик. Демак, агар сиз уларни ҳидоят — ҳақ йўлга чақирсангиз ҳам ҳаргиз ҳидоят топмаслар.

300-sahifa · 15-juz · 30-hizb300-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kim borва ким борأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنkimsadanкимсаданذُكِّرَeslatilganэслатилганبِـَٔايَـٰتِoyatlari ilaоятлари илаرَبِّهِۦRobbisiРоббисиفَأَعْرَضَbas, yuz oʻgirganбас, юз ўгирганعَنْهَاulardanуларданوَنَسِىَva unutganва унутганمَاnarsaniнарсаниقَدَّمَتْoldindan qilganолдиндан қилганيَدَاهُ ۚikki qoʻliикки қўлиإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизجَعَلْنَاqilib qoʻydikқилиб қўйдикعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمْularning dillarigaуларнинг дилларигаأَكِنَّةًpardalarпардаларأَن-masliklari uchun-масликлари учунيَفْقَهُوهُuni anglashlariniуни англашлариниوَفِىٓva -daва -даءَاذَانِهِمْquloqlarigaқулоқларигаوَقْرًۭا ۖogʻirlikоғирликوَإِنva agarва агарتَدْعُهُمْularni chaqirsangуларни чақирсангإِلَى-ga-гаٱلْهُدَىٰhidoyatgaҳидоятгаفَلَنbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасيَهْتَدُوٓا۟hidoyat toparlarҳидоят топарларإِذًاu holdaу ҳолдаأَبَدًۭاhargiz (abadiy)ҳаргиз (абадий)
TafsirТафсир

«Zolim» soʻzi «bir narsani oʻz joyidan boshqa joyga qoʻyuvchi» degan maʼnoni anglatadi. Amaliga qarab, zolim bilan zolim orasida farq boʻladi. Bandalarga zulm qilgan ham zolim, shuningdek, Parvardigori Olam bilan boʻlgan muomalada bir narsani oʻz oʻrnidan boshqa joyga qoʻygan odam ham zolim sanaladi. Lekin bu borada ham zolim bilan zolimning farqi bor. Ushbu oyati karimada eng zolim odam haqida soʻz ketmoqda.

«Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz oʻgirib, oʻzi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?!»

Albatta, yoʻq. Axir Robbi–yaratguvchisi, rizq beruvchisi va tarbiyachisi unga oyat yuborib, toʻgʻri yoʻlga yurishni, egri yoʻldan qaytishni eslatsa-yu, u Robbining oyatlaridan yuz oʻgirsa va qilgan gunohlarini unutib, beparvo ketaversa, undan koʻra zolimroq odam boʻladimi?!

U katta va tengsiz zulm qildi. Yaratgan Xoliq, rizq bergan Xoliq, tarbiya qilgan Robb uning baxti-saodati uchun oyatlar yuborganda, ularni xursandchilik bilan qabul qilish oʻrniga, ulardan yuz oʻgirdi. Allohdan gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrash oʻrniga, gunohlarini unutdi. Albatta, bu juda katta zulmdir. Albatta, undan zolimroq odam boʻlmaydi.

Albatta, bunday ulkan zulm etgan katta zolimga Alloh taolo ham oʻziga yarasha muomala qiladi:

«Albatta, Biz u(Qurʼon)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga ogʻirlik qilib qoʻydik».

Biz ularni qilmishlariga yarasha jazoladik. Modomiki, ular Qurʼonni masxara etar ekanlar, modomiki, ular oyatlarimizdan yuz oʻgirib ketar ekanlar, shunday muomalaga sazovordirlar. Endi esa:

«Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar».

Hidoyat topish uchun ochiq, tayyorgarligi bor qalb kerak.