QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят58

وَرَبُّكَ ٱلْغَفُورُ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ۖ لَوْ يُؤَاخِذُهُم بِمَا كَسَبُوا۟ لَعَجَّلَ لَهُمُ ٱلْعَذَابَ ۚ بَل لَّهُم مَّوْعِدٌ لَّن يَجِدُوا۟ مِن دُونِهِۦ مَوْئِلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbing sermag`firat va rahim-shafqat sohibi Zotdir. Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan bo`lar edi. Lekin ularga va'da qilingan vaqt bor. U kelganda Undan o`zga panohgoh topmaslar.Ва Роббинг сермағфират ва раҳим-шафқат соҳиби Зотдир. Агар уларни қилган касбларига биноан олганида, азобларини тезлаштирган бўлар эди. Лекин уларга ваъда қилинган вақт бор. У келганда Ундан ўзга паноҳгоҳ топмаслар.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz magʻfiratli, mehr-shafqat Sohibidir. Agar ularni (kofirlarni) qilgan gunohlari bilan ushlaganida, ularga azobni naqd qilgan boʻlur edi. Yoʻq, ular uchun vaʼda qilingan bir vaqt (Qiyomat) borki, (u vaqtda Allohdan) oʻzga biron pushtipanoh topa olmaslar.Парвардигорингиз мағфиратли, меҳр-шафқат Соҳибидир. Агар уларни (кофирларни) қилган гуноҳлари билан ушлаганида, уларга азобни нақд қилган бўлур эди. Йўқ, улар учун ваъда қилинган бир вақт (Қиёмат) борки, (у вақтда Аллоҳдан) ўзга бирон пуштипаноҳ топа олмаслар.

300-sahifa · 15-juz · 30-hizb300-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَرَبُّكَva Robbingва Роббингٱلْغَفُورُsermagʻfiratdirсермағфиратдирذُوsohibiсоҳибиٱلرَّحْمَةِ ۖrahm-shafqatраҳм-шафқатلَوْagarагарيُؤَاخِذُهُمularni olganidaуларни олганидаبِمَا-ga binoan-га биноанكَسَبُوا۟qilgan kasblariқилган касблариلَعَجَّلَalbatta tezlashtirgan boʻlar ediалбатта тезлаштирган бўлар эдиلَهُمُulargaуларгаٱلْعَذَابَ ۚazobniазобниبَلlekinлекинلَّهُمulargaуларгаمَّوْعِدٌۭvaʼda qilingan vaqt borваъда қилинган вақт борلَّنhargiz emasҳаргиз эмасيَجِدُوا۟topurlarтопурларمِن-dan-данدُونِهِۦundan oʻzgaундан ўзгаمَوْئِلًۭاpanohgohпаноҳгоҳ
TafsirТафсир

Odamlar shunchalik nobakor boʻlsalar ham, kufrga ketib, isyon qilsalar ham, yer yuzida yuraverishlarining sababi:

«Robbing sermagʻfirat va rahim-shafqat sohibi Zotdir».

Bandalar qanchalik gunoh qilsalar ham, soʻngra tavba etsalar, magʻfirat qiladi. Ular qanchalik isyonkor boʻlsalar ham, mehr-shafqat koʻrsatadi, jazolashga shoshilmaydi.

«Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan boʻlar edi.»

Alloh taolo bandalarning amaliga binoan muomala etsa, allaqachon ularni azoblagan boʻlar edi. Banda xatokor. U gunohdan xoli emas. Har bir gunohi uchun oʻz joyida hisob-kitob qilinsa, bandalarga qiyin boʻlar edi.

Alloh bandalarga oʻzlarini oʻnglab olish uchun keng imkoniyat berdi. Ularni qilgan kasblariga binoan azoblashga shoshilmadi.

«Lekin ularga vaʼda qilingan vaqt bor. U kelganda Undan oʻzga panohgoh topmaslar.»

Bu dunyoda barcha insonlarni halok etishning vaʼda qilingan vaqti bor. Oʻsha vaqtda bandalar Allohdan oʻzga panohgoh topa olmay qoladilar. Qadimdan shunday boʻlib kelgan. Oʻtgan zamondagi shaharlar ham shunday qilingan: