وَتِلْكَ ٱلْقُرَىٰٓ أَهْلَكْنَـٰهُمْ لَمَّا ظَلَمُوا۟ وَجَعَلْنَا لِمَهْلِكِهِم مَّوْعِدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana u shaharlarni ham zulm qilganlarida halok etganmiz va ularning halokatlariga vaqt belgilaganmiz.Ана у шаҳарларни ҳам зулм қилганларида ҳалок этганмиз ва уларнинг ҳалокатларига вақт белгилаганмиз.Alauddin Mansour: Ana u shaharlarni (ularning aholisini, ular) zulm qilishgach, halokat vaqtlarini aniq belgilab (yaʼni, paygʻambarlaringizga itoat qilmasangizlar, halok boʻlursizlar, deb) qoʻygan holimizda, halok qildik.Ана у шаҳарларни (уларнинг аҳолисини, улар) зулм қилишгач, ҳалокат вақтларини аниқ белгилаб (яъни, пайғамбарларингизга итоат қилмасангизлар, ҳалок бўлурсизлар, деб) қўйган ҳолимизда, ҳалок қилдик.
Ularning gunohlari va zulmlarini koʻrib, darrov halok qilganimiz yoʻq. Oʻsha belgilagan vaqtimizda halok etganmiz. Binobarin, keyingilar gunohlari va zulmlari uchun darhol azob kelmayotganiga aldanib, qilsam boʻlaverar ekan, deyishmasin. Ularga ham azobni tayin qilgan vaqtimiz bor.
Endigi oyatlarda suraning siyoqiga mos ravishda Muso alayhissalom va solih banda haqidagi qissa keltiriladi. Turli ibratlarga boy bu qissa qahramonlari haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar. Turli tortishuvlar boʻlgan. Hattoki, qissadagi Muso mashhur Paygʻambar Muso alayhissalommi yoki boshqa Musomi, deganlar ham boʻlgan. Shuningdek, ikki dengizning jam boʻlgan joyi qayerda, solih banda kim, kabi savollarga ham, javoblardan kelib chiqqan mulohazalarga ham sharh va izohlar koʻpaygan. Oqibatda baʼzi tafsirlarda qissa va undan chiqadigan ibratlar bir yoqda qolib, tortishuvlarga koʻp oʻrinlar ajratilgan. Bizning maqsadimiz Qurʼoni Karimni oson yoʻl bilan tushunish boʻlgani uchun shunga mos tafsirlarga ergashib, boshqa oyatlardagi kabi, bu qissada ham Qurʼoniy istilohlarga asoslanib asl maʼnoni tushunishga harakat qilamiz.