QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят60

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِفَتَىٰهُ لَآ أَبْرَحُ حَتَّىٰٓ أَبْلُغَ مَجْمَعَ ٱلْبَحْرَيْنِ أَوْ أَمْضِىَ حُقُبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso o`z yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga yetmagunimcha, yillarni o`tkazsam ham, yuraveraman», deganini esla.Мусо ўз йигитига: «Икки денгиз жамланган жойга етмагунимча, йилларни ўтказсам ҳам, юравераман», деганини эсла.Alauddin Mansour: Muso (oʻzining xizmatkor) yigitiga: «To ikki dengiz qoʻshiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq zamonlar kezmaguncha yurishdan toʻxtamayman», degan paytini eslangiz.Мусо (ўзининг хизматкор) йигитига: «То икки денгиз қўшиладиган ерга етмагунча ёки узоқ замонлар кезмагунча юришдан тўхтамайман», деган пайтини эслангиз.

300-sahifa · 15-juz · 30-hizb300-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva esla, oʻshandaва эсла, ўшандаقَالَdediдедиمُوسَىٰMusoМусоلِفَتَىٰهُoʻz yigitigaўз йигитигаلَآemasэмасأَبْرَحُtoʻxtarman (yuraveraman)тўхтарман (юравераман)حَتَّىٰٓtoтоأَبْلُغَyetmagunimchaетмагунимчаمَجْمَعَjamlangan joygaжамланган жойгаٱلْبَحْرَيْنِikki dengizикки денгизأَوْyokiёкиأَمْضِىَyuraverurmanюраверурманحُقُبًۭاyillarni (uzoq muddat)йилларни (узоқ муддат)
TafsirТафсир

Muso alayhissalomning bunday qarorga kelishlarining sababi Imom Buxoriyning Said ibn Jubayrdan qilgan rivoyatlarida bayon etilgan. Unda Said ibn Jubayr quyidagilarni aytadilar: «Men Ibn Abbosga:

«Navf al-Qunoshiy Xizr alayhissalomning sohibi boʻlgan Muso Bani Isroilning sohibi boʻlgan Muso emas, deb daʼvo qilyapti», dedim. Ibn Abbos:

«Allohning dushmani yolgʻon aytibdi. Ubay ibn Kaʼb roziyallohu anhu bizga aytishlaricha, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu hikoyalarini eshitgan ekan: «Muso Bani Isroil orasida bir kuni xutba qilib turganida, odamlarning qaysinisi eng ilmli, deb soʻraldi. U:

«Men», dedi.

Alloh uni ilmni oʻziga nisbat bergani uchun itob qildi. U Musoga:

«Ikki dengiz qoʻshilgan joyda Mening bir bandam bor. U sendan ilmliroq», dedi. Muso:

«Ey Robbim, men uni qanday topaman?» dedi. Alloh:

«Oʻzing bilan bir baliqni savatga solib ol. Baliqni qayerda yoʻqotsang, uni oʻsha yerda topasan», dedi...»

Shundan keyin Muso alayhissalom yoʻlga tayyorgarlik koʻrdilar va xizmatkor yigitlariga yuqoridagi oyatda kelgan azmu qarorni aytdilar. U kishi oʻzlaridan ilmliroq bandani topish uchun ikki dengiz jamlangan joyga borishga qaror qilgan edilar.