فَلَمَّا بَلَغَا مَجْمَعَ بَيْنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ سَرَبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikkovlon ikki (dengiz) jamlangan joyga yetganlarida, baliqlarni unutdilar. Bas, u dengizni teshib yo`l oldi.Икковлон икки (денгиз) жамланган жойга етганларида, балиқларни унутдилар. Бас, у денгизни тешиб йўл олди.Alauddin Mansour: Endi qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qoʻshiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengizga qarab yoʻl oldi.Энди қачонки, у иккиси (икки денгиз) қўшиладиган ерга етишгач, балиқларини унутдилар. Бас, у (балиқ) денгизга қараб йўл олди.
Muso alayhissalom xizmatkor yigit bilan yurib-yurib, ikki dengiz qoʻshiladigan joyga yetib keldilar. Oʻsha joyda savatda olib kelgan baliqlarini unutib qoʻydilar. Baliq eslariga kelmadi. Yana yurib ketaverdilar. Ammo oʻsha joyda:
«Bas, u dengizni teshib yoʻl oldi».
Yaʼni, baliq dengizni teshib suzib ketdi. Baliq suzib ketgan joy teshik boʻlib suvsiz holga kelib qoldi. Uni koʻrgan odam, bu yerdan bir baliq suzib oʻtibdi, degan xulosaga keladigan boʻldi.