QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят74

فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا لَقِيَا غُلَـٰمًا فَقَتَلَهُۥ قَالَ أَقَتَلْتَ نَفْسًا زَكِيَّةًۢ بِغَيْرِ نَفْسٍ لَّقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا نُّكْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni o`ldirdi. U (Muso): «Birovni o`ldirmagan begunoh jonni o`ldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi.Бас, улар юриб кетдилар. То бир болани учратганида, уни ўлдирди. У (Мусо): «Бировни ўлдирмаган бегуноҳ жонни ўлдирасанми?! Жуда мункар нарса қилдинг-ку?!» – деди.Alauddin Mansour: Soʻng yana yoʻlga tushdilar. To borib bir bolaga roʻbaroʻ boʻlganlarida (Xizir) uni oʻldirdi. (Buni koʻrgan Muso) dedi: «Birovni oʻldirmagan bir begunoh jonni oʻldirding-a. Darhaqiqat, (sen) buzuq ish qilding!»Сўнг яна йўлга тушдилар. То бориб бир болага рўбарў бўлганларида (Хизир) уни ўлдирди. (Буни кўрган Мусо) деди: «Бировни ўлдирмаган бир бегуноҳ жонни ўлдирдинг-а. Дарҳақиқат, (сен) бузуқ иш қилдинг!»

301-sahifa · 15-juz · 30-hizb301-саҳифа · 15-жуз · 30-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱنطَلَقَاbas, ikkovlon yurib ketdilarбас, икковлон юриб кетдиларحَتَّىٰٓtoтоإِذَاqachonkiқачонкиلَقِيَاuchratganlaridaучратганларидаغُلَـٰمًۭاbir bolaniбир боланиفَقَتَلَهُۥbas, uni oʻldirdiбас, уни ўлдирдиقَالَdediдедиأَقَتَلْتَoʻldirdingmiўлдирдингмиنَفْسًۭاjonniжонниزَكِيَّةًۢbegunoh (pokiza)бегуноҳ (покиза)بِغَيْرِevazisizэвазисизنَفْسٍۢjon (qasos)жон (қасос)لَّقَدْbatahqiqбатаҳқиқجِئْتَqildingқилдингشَيْـًۭٔاnarsaнарсаنُّكْرًۭاjuda munkarжуда мункар
TafsirТафсир

Ikkovlari yana birgalikda ketayotgan edilar, bir bola chiqib qoldi. Solih banda bolani oʻldirdi. Begunoh yosh bolani oʻldirish gʻalati ish edi. Shuning uchun, Muso alayhissalom bu ishga chiday olmay, solih bandaga eʼtiroz bildirdilar. Unga:

«Birovni oʻldirmagan begunoh jonni oʻldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi».

Bu ishi kemani teshgandan ham battar tuyuldi. Chunki, koʻrib bilib turib bir maʼsum goʻdakni qasddan oʻldirish hazilakam ish emas edi.