QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят77

فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَيَآ أَهْلَ قَرْيَةٍ ٱسْتَطْعَمَآ أَهْلَهَا فَأَبَوْا۟ أَن يُضَيِّفُوهُمَا فَوَجَدَا فِيهَا جِدَارًا يُرِيدُ أَن يَنقَضَّ فَأَقَامَهُۥ ۖ قَالَ لَوْ شِئْتَ لَتَّخَذْتَ عَلَيْهِ أَجْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, yurib ketdilar. Qachonki, bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom so`radilar. Ular ikkovlarini ziyofat qilishdan bosh tortdilar. Ikkovlari u yerda yiqilib ketay deb turgan bir devorni ko`rishdi. Bas, uni turg`izib qo`ydi. U (Muso): «Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi.Бас, юриб кетдилар. Қачонки, бир шаҳар аҳолисига келганларида, унинг аҳлидан таом сўрадилар. Улар икковларини зиёфат қилишдан бош тортдилар. Икковлари у ерда йиқилиб кетай деб турган бир деворни кўришди. Бас, уни турғизиб қўйди. У (Мусо): «Агар хоҳласанг, бунинг учун ҳақ олар эдинг», деди.Alauddin Mansour: Soʻng (ular) yana yoʻlga tushdilar. To bir shahar ahlining oldiga kelib ulardan taom soʻragan edilar, ular mehmon qilishdan bosh tortishdi. Keyin oʻsha joyda yiqilay deb turgan bir devorni koʻrishgach, (Xizir) uni tiklab qoʻydi. (Muso) dedi: «Agar xohlasang, bu ishing uchun haq olishing mumkin edi».Сўнг (улар) яна йўлга тушдилар. То бир шаҳар аҳлининг олдига келиб улардан таом сўраган эдилар, улар меҳмон қилишдан бош тортишди. Кейин ўша жойда йиқилай деб турган бир деворни кўришгач, (Хизир) уни тиклаб қўйди. (Мусо) деди: «Агар хоҳласанг, бу ишинг учун ҳақ олишинг мумкин эди».

302-sahifa · 16-juz · 31-hizb302-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱنطَلَقَاbas, ikkovlon yurib ketdilarбас, икковлон юриб кетдиларحَتَّىٰٓtoтоإِذَآqachonkiқачонкиأَتَيَآkelganlaridaкелганларидаأَهْلَaholisigaаҳолисигаقَرْيَةٍbir shaharбир шаҳарٱسْتَطْعَمَآtaom soʻradilarтаом сўрадиларأَهْلَهَاuning ahlidanунинг аҳлиданفَأَبَوْا۟bas, bosh tortdilarбас, бош тортдиларأَن-ni-ниيُضَيِّفُوهُمَاikkovlarini ziyofat qilishdanикковларини зиёфат қилишданفَوَجَدَاbas, ikkovlon koʻrishdiбас, икковлон кўришдиفِيهَاu yerdaу ердаجِدَارًۭاbir devorniбир деворниيُرِيدُistayotgan (turgan)истаётган (турган)أَن-ni-ниيَنقَضَّyiqilib ketishniйиқилиб кетишниفَأَقَامَهُۥ ۖbas, uni turgʻizib qoʻydiбас, уни турғизиб қўйдиقَالَdediдедиلَوْagarагарشِئْتَxohlasangхоҳласангلَتَّخَذْتَalbatta olar edingалбатта олар эдингعَلَيْهِbuning uchunбунинг учунأَجْرًۭاhaqҳақ
TafsirТафсир

Yana tushunib boʻlmas gʻaroyib ish sodir boʻldi. Ikkovlari yurib borib bir shaharga kirdilar. Qorinlari ochiqib, oʻsha shahar aholisidan taom soʻradilar. Shahar aholisi ularga taom berishdan bosh tortdi. Bunday baxil aholidan har qancha xafa boʻlsa, arzirdi. Ammo solih banda ranjimadi. Oʻsha yerda yiqilib ketay deb turgan devor bor ekan, uni qayta tiklab qoʻydi. Bu ishi Muso alayhissalomga qiziq tuyuldi. Devor egalari qizgʻanchiqlik qilib, ularni mehmon qilishdan bosh tortsalar-u, ularning yiqilib ketay deb turgan devorini haq olmasdan tiklab qoʻysa. Hech boʻlmasa, ushbu devorlaringizni tiklaganim uchun haq berasizlar, desa, boʻlmasmidi? Pul bersa, taom olib yeyisharmidi?

Shu xayollarga borib, Muso alayhissalom ishning zohiridan hukm chiqardilar va solih bandaga:

«Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedilar.

Bu esa, u kishining uchinchi marta shartni buzishlari edi.

Solih banda endi Muso alayhissalomga shartni buzganliklarini eslatib oʻtirmay, bir yoʻla nihoiy hukmni aytdi: