قَالَ هَـٰذَا فِرَاقُ بَيْنِى وَبَيْنِكَ ۚ سَأُنَبِّئُكَ بِتَأْوِيلِ مَا لَمْ تَسْتَطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Bu men bilan sening oramizdagi ajrashishdir. Endi senga sabr qila olmagan narsa(lar)ning ta'viylini aytib beraman», dedi.У: «Бу мен билан сенинг орамиздаги ажрашишдир. Энди сенга сабр қила олмаган нарса(лар)нинг таъвийлини айтиб бераман», деди.Alauddin Mansour: U (Xizir) aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi men seni sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning taʼvili (sharhi)dan ogoh qilurman.У (Хизир) айтди: «Мана шу сен билан менинг ажрашимиздир. Энди мен сени сабр қилишга тоқатинг етмаган нарсаларнинг таъвили (шарҳи)дан огоҳ қилурман.
Sen uchinchi marta shartni buzding. Endi uzrga joy qolmadi. Bu qiligʻing ikkovimizning ajrashishimiz belgisidir. Endi sen tushuna olmay, sabr qila bilmay, shartni buzib, soʻragan narsalaringning, gʻaroyib tasarrufotlarning sirini aytib beraman.