أَمَّا ٱلسَّفِينَةُ فَكَانَتْ لِمَسَـٰكِينَ يَعْمَلُونَ فِى ٱلْبَحْرِ فَأَرَدتُّ أَنْ أَعِيبَهَا وَكَانَ وَرَآءَهُم مَّلِكٌ يَأْخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصْبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki, ortlarida bir podshoh bo`lib, barcha kemani tortib olayotgan edi.«Кемага келсак, у денгизда ишлайдиган мискинларники эди. Бас, мен уни айбли қилишни ирода қилдим. Чунки, ортларида бир подшоҳ бўлиб, барча кемани тортиб олаётган эди.Alauddin Mansour: Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan (yuradigan) miskin-bechoralarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qoʻymoqchi boʻldim. (Chunki) ularning (kemadagilarning) ortida (koʻzlab ketayotgan manzillarida) barcha (butun) kemalarni talon-toroj qilib, tortib olguvchi bir podshoh bor edi.Кема хусусига келсак, у денгизда ишлайдиган (юрадиган) мискин-бечораларники эди. Бас, мен уни айбли қилиб қўймоқчи бўлдим. (Чунки) уларнинг (кемадагиларнинг) ортида (кўзлаб кетаётган манзилларида) барча (бутун) кемаларни талон-торож қилиб, тортиб олгувчи бир подшоҳ бор эди.
Sen bizni va boshqalarni olib ketayotgan kemani teshib qoʻyganimdan ajablanib, menga eʼtiroz bildirgan eding. Sirtdan qaraganda, oʻsha ishim nohaq edi. Ammo ishning mohiyatida boshqa gap bor edi. Oʻsha kema kambagʻal odamlarniki edi. Ular shu kemaning orqasidan kun koʻrardilar. Ammo ularning podshohlari barcha butun kemalarni tortib olishga hukm chiqargan boʻlib, podshohlik ixtiyoriga oʻtkazayotgan edi. Men kemani aybli qilib qoʻydim. Yuzaki qaraganda, kema egalari uchun zarar yetkazdim. Kemalarini teshdim. Ammo aslini olganda, ularga foyda qildim. Podshoh odamlari aybli kemani tashlab ketadilar. Kambagʻallar butunlay kemasiz qolgandan koʻra, aybli boʻlsa ham, uni ishlatib kun oʻtkaza beradilar. Sen bundan bexabar mendan norozi boʻlding.