QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kahf surasi · Oyatсураси · Оят83

وَيَسْـَٔلُونَكَ عَن ذِى ٱلْقَرْنَيْنِ ۖ قُلْ سَأَتْلُوا۟ عَلَيْكُم مِّنْهُ ذِكْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan Zulqarnayn haqida so`rarlar. «Sizga uning haqidagi zikrni tilovat qilurman», degin.Сендан Зулқарнайн ҳақида сўрарлар. «Сизга унинг ҳақидаги зикрни тиловат қилурман», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), yana sizdan Zul-qarnayn haqida soʻraydilar. Ayting: «Endi men sizlarga u haqdagi xabarni tilovat qilurman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), яна сиздан Зул-қарнайн ҳақида сўрайдилар. Айтинг: «Энди мен сизларга у ҳақдаги хабарни тиловат қилурман».

302-sahifa · 16-juz · 31-hizb302-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْـَٔلُونَكَva sendan soʻrarlarва сендан сўрарларعَنhaqidaҳақидаذِىZulqarnaynЗулқарнайнٱلْقَرْنَيْنِ ۖZulqarnaynЗулқарнайнقُلْsen aytсен айтسَأَتْلُوا۟tilovat qilurmanтиловат қилурманعَلَيْكُمsizgaсизгаمِّنْهُuning haqidagiунинг ҳақидагиذِكْرًاzikrniзикрни
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, odamlar:

«Sendan Zulqarnayn haqida soʻrarlar».

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan odamlar Zulqarnayn toʻgʻrisida soʻraganlari aniq. Baʼzi rivoyatlarda: yahudiylar soʻragan, deyilsa, boshqalarida: yahudiylar oʻrgatgan, qurayshliklar soʻragan, ham deyishadi. Umuman olganda, odamlar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan Zulqarnayn haqida soʻrashgan. Qurʼonning xabar berishi shunday. Alloh Paygʻambariga savol haqida xabar berib boʻlib, unga qanday javob berishni ham Oʻzi oʻrgatmoqda:

«Sizga uning haqidagi zikrni tilovat qilurman», degin», demoqda.

Oʻsha zikr–xabarga nazar solinsa, soʻrov Zulqarnaynning shaxsi, yashagan joyi yoki zamoni haqida emas, balki boshqa narsalar, yaʼni qilgan ishlari haqida ekani oydinlashadi. Shundan ham uning kimligi, nima uchun bu nomni olganligi, qachon va qayerda yashaganligi haqidagi bahslar ortiqcha ekani maʼlum boʻladi.