QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят35

مَا كَانَ لِلَّهِ أَن يَتَّخِذَ مِن وَلَدٍ ۖ سُبْحَـٰنَهُۥٓ ۚ إِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bola tutmoq Allohga hech to`g`ri kelmas. U bundan pokdir. U bir ishni istasa, unga «Bo`l!» deydi. Bas, bo`ladi.Бола тутмоқ Аллоҳга ҳеч тўғри келмас. У бундан покдир. У бир ишни истаса, унга «Бўл!» дейди. Бас, бўлади.Alauddin Mansour: Alloh uchun hech qanday bola tutish joiz emas — U zot (bunday nuqsondan) pokdir. U biron ishni qilmoqni istasa, faqat unga «Boʻl», der. Bas (oʻsha ish) boʻlur.Аллоҳ учун ҳеч қандай бола тутиш жоиз эмас — У зот (бундай нуқсондан) покдир. У бирон ишни қилмоқни истаса, фақат унга «Бўл», дер. Бас (ўша иш) бўлур.

307-sahifa · 16-juz · 31-hizb307-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасكَانَtoʻgʻri kelarтўғри келарلِلَّهِAllohgaАллоҳгаأَن-ki-киيَتَّخِذَtutmoqтутмоқمِنhechҳечوَلَدٍۢ ۖbolaболаسُبْحَـٰنَهُۥٓ ۚU bundan pokdirУ бундан покдирإِذَاqachonkiқачонкиقَضَىٰٓistasa (hukm qilsa)истаса (ҳукм қилса)أَمْرًۭاbir ishniбир ишниفَإِنَّمَاbas, faqatбас, фақатيَقُولُdeydirдейдирلَهُۥungaунгаكُن«Boʻl!»«Бўл!»فَيَكُونُbas, boʻladirбас, бўладир
TafsirТафсир

Bolalik boʻlish va uni saqlab voyaga yetkazish bandaga xos ish. Chunki, bandaning umri qisqa, oʻzidan keyin nomu nasab qoldirishi uchun bolaga muhtoj boʻladi. Alloh esa, bunga muhtoj emas. U doimo va abadiy boqiydir.

Shuningdek, bola bandalarga zaif boʻlganliklari uchun kerak. Ular dunyoviy ishlarida bolalarning yordamiga muhtojdirlar. Alloh taolo hech qanday yordamchiga muhtoj emas.

«U bundan pokdir.»

U hech narsaga hojatmand emas. U hamma narsaga qodir. Xohlagan ishini xohlagan vaqtida bajaradi.

«U bir ishni istasa, unga «Boʻl!» deydi. Bas, boʻladi.»

Boshqa bir bajaruvchi, yordamchi, oʻrinbosar yoxud muovinning unga keragi yoʻq.

Keyingi oyat Iyso alayhissalomning beshikda yotgan holda qavmlariga aytgan gaplaridan bir hissa hisoblanadi: