QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят37

فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن مَّشْهَدِ يَوْمٍ عَظِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, firqalar o`zaro ixtilofga tushdilar. Kufr keltirganlarga buyuk kundagi ko`rinishdan voy bo`lsin.Сўнгра, фирқалар ўзаро ихтилофга тушдилар. Куфр келтирганларга буюк кундаги кўринишдан вой бўлсин.Alauddin Mansour: Soʻng (yahudiy va nasroniy) firqalar (Iyso xususida) oʻzaro ixtilof qildilar. Bas, kofir boʻlgan kimsalarga ulugʻ Kun — Qiyomatga guvoh-hozir boʻlganlarida halokat boʻlgay.Сўнг (яҳудий ва насроний) фирқалар (Ийсо хусусида) ўзаро ихтилоф қилдилар. Бас, кофир бўлган кимсаларга улуғ Кун — Қиёматга гувоҳ-ҳозир бўлганларида ҳалокат бўлгай.

307-sahifa · 16-juz · 31-hizb307-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱخْتَلَفَsoʻngra ixtilofga tushdilarсўнгра ихтилофга тушдиларٱلْأَحْزَابُfirqalarфирқаларمِنۢ-dan-данبَيْنِهِمْ ۖoʻzaroўзароفَوَيْلٌۭbas, voy boʻlsinбас, вой бўлсинلِّلَّذِينَoʻshalargakiўшаларгакиكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларمِن-dan-данمَّشْهَدِkoʻrinish (guvoh boʻlish)кўриниш (гувоҳ бўлиш)يَوْمٍkundagiкундагиعَظِيمٍbuyukбуюк
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi «firqalar»dan murod Iyso alayhissalom xususida ixtilofga borgan yahudiy va nasoro firqalaridir. Nasorolar Iyso alayhissalomni «xudo» desalar, yahudiylar u zotni «valadi zino» deb tuhmat qilib, ixtilofga tushdilar. Shuningdek, yahudiylarning oʻzlari ham Iyso alayhissalom borasida oʻzaro turli ixtiloflarga tushdilar.

Nasorolar hozirgacha Iyso alayhissalom xususida ixtilofdalar. Ulardan baʼzilari: Iyso Allohdir, u yerga tushib, xohlagan qavmni tiriltiradi, xohlagan guruhni oʻldiradi, soʻngra yana falakka chiqib ketadi, deyishadi. Boshqa birlari: Iyso Allohning oʻgʻli, desa, uchinchilari: Iyso ota, oʻgʻil va muqaddas ruhdan iborat uchlikning biri, deydi; toʻrtinchilari esa: Iyso ota xudo, ona xudo va bola xudodan biri–bola, oʻgʻil xudo, deydilar.

Ularning orasida «Iyso alayhissalom Allohning bandasi, Rasuli, ruhi va kalimasi» deydiganlar ham bor. Bu mavzudagi keskin ixtiloflar avjiga chiqqan kezlarda katta yigʻinlar oʻtkazilib, bir qarorga kelishga urinishlar ham boʻlgan. Ammo hanuzgacha mazkur ixtiloflar davom etib kelmoqda.

Ana oʻshalarning holi buyuk kunda–qiyomatda voy boʻladi.