وَٱذْكُرْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ إِسْمَـٰعِيلَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ صَادِقَ ٱلْوَعْدِ وَكَانَ رَسُولًا نَّبِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kitobda Ismoilni esla. Albatta, u va'dasiga sodiq hamda Rasul va Nabiy bo`lgan edi.Ва китобда Исмоилни эсла. Албатта, у ваъдасига содиқ ҳамда Расул ва Набий бўлган эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ushbu Kitobda Ismoil (qissasini) zikr qiling! Darhaqiqat, u vaʼdasi rost elchi-paygʻambar edi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ушбу Китобда Исмоил (қиссасини) зикр қилинг! Дарҳақиқат, у ваъдаси рост элчи-пайғамбар эди.
Ey Muhammad, ilohiy kitob–Qurʼonda Ismoilning qissasini esla. Ismoil, hech shubhasiz, vaʼdasiga sodiq zot edi. Sodiqlik har bir Paygʻambarning sifatidir. Ammo, Ismoil alayhissalom boshqa Paygʻambar alayhissalomlardan oʻzlarining vaʼdaga sadoqatlari bilan ajralib turganlar.
«...hamda Rasul va Nabiy boʻlgan edi.»
U zotning Rasul va Nabiy ekanliklariga shak-shubha yoʻq. Demak, Ismoil alayhissalom xaloyiqni hidoyat yoʻliga chaqirganlar.