QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят59

۞ فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّبَعُوا۟ ٱلشَّهَوَٰتِ ۖ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularning ortidan bir o`rinbosarlar qoldiki, ular namozni zoye qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda ular yomonlikka yo`liqdilar.Бас, уларнинг ортидан бир ўринбосарлар қолдики, улар намозни зое қилиб, шаҳватларга эргашдилар. Бас, тезда улар ёмонликка йўлиқдилар.Alauddin Mansour: Soʻng ularning ortidan namozni zoye qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar oʻrinbosar boʻldilar. Endi u (oʻrinbosarlar) albatta yomonlikka (yaʼni, yomon jazoga) yoʻliqurlar.Сўнг уларнинг ортидан намозни зое қиладиган ва шаҳватларга бериладиган кимсалар ўринбосар бўлдилар. Энди у (ўринбосарлар) албатта ёмонликка (яъни, ёмон жазога) йўлиқурлар.

309-sahifa · 16-juz · 31-hizb309-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ فَخَلَفَbas, oʻrinbosar boʻldiбас, ўринбосар бўлдиمِنۢ-dan-данبَعْدِهِمْularning ortidanуларнинг ортиданخَلْفٌoʻrinbosarlarўринбосарларأَضَاعُوا۟zoye qildilarзое қилдиларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَٱتَّبَعُوا۟va ergashdilarва эргашдиларٱلشَّهَوَٰتِ ۖshahvatlargaшаҳватларгаفَسَوْفَbas, tezdaбас, тездаيَلْقَوْنَyoʻliqdilarйўлиқдиларغَيًّاyomonlikkaёмонликка
TafsirТафсир

Rohmanning oyati tilovat qilinganda yigʻlab, sajdaga otiladigan hassos zotlar ortidan ularning oʻrinlariga nobakor, fosiq va betavfiq oʻrinbosarlar keldi. Bu betavfiq kimsalar namozni zoye qildilar. Namozni zoye qilish, uni oʻqimaslik eng katta musiybat ekanligini ushbu oyati karimadan bilib olsa ham boʻladi. Namozni tark etgan odam har qanday yomonlikdan, gunohdan tap tortmaydigan boʻlib qoladi. Shuning uchun, mazkur nobakor oʻrinbosarlarning namozni zoye qilganlari zikr etilgandan keyin, shahvatlarga ergashganlari bayon etilmoqda. Yaʼni, ular havoyi nafslari nimani istasa, shuni qiladigan boʻlib qoladilar. Jumladan, araqxoʻrlik, zinokorlik, ayshu ishrat, oʻyin-kulgu kabi shahvatlar shular jumlasidan. Endi ular namozni zoye qilib, shahvatlariga ergashib yuraveradilar.

«Bas, tezda ular yomonlikka yoʻliqdilar.»

Namozni zoye qilgach, shahvatga ergashadi. Shahvatga ergashgan zalolatga yuz buradi. Zalolatga ketganga esa, halokat yetadi. Lekin, baribir, Alloh taolo mehribon, ularga yana bir bor imkon berib, tavba eshigini ochdi: