إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَأُو۟لَـٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْـًٔا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana o`shalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar.Магар ким тавба қилса ва иймон келтириб, амали солиҳ қилса, бас, ана ўшалар жаннатга кирурлар ва ҳеч зулм қилинмаслар.Alauddin Mansour: Magar iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biron zulm qilinmas.Магар иймон келтириб, яхши амаллар қилган зотларгина (азобга дучор қилинмаслар). Бас, улар жаннатга кирурлар ва уларга бирон зулм қилинмас.
Namozni zoye qilib, shahvatlariga ergashib yurganlardan kim tavba qilsa, noshoyista amalidan afsus-nadomat chekib, tamomiyla toʻgʻri yoʻlga qaytsa, soʻngra iymon keltirib, moʻmin boʻlsa va yaxshi amallarni ado etsa, yomonlikka uchramaydi. Balki:
«...ana oʻshalar jannatga kirurlar...»
Noil boʻlgan iymonlari va ado etgan yaxshi amallari evaziga jannatga doxil boʻlurlar. Ular kiradigan jannat: