QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят63

تِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِى نُورِثُ مِنْ عِبَادِنَا مَن كَانَ تَقِيًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, bandalarimizdan taqvodor bo`lganlariga meros qilib beradigan jannatimizdir.У, бандаларимиздан тақводор бўлганларига мерос қилиб берадиган жаннатимиздир.Alauddin Mansour: Ushbu jannat – Biz bandalarimizdan taqvodor boʻlgan kishilarga meros qilib beradigan jannatdir.Ушбу жаннат – Биз бандаларимиздан тақводор бўлган кишиларга мерос қилиб берадиган жаннатдир.

309-sahifa · 16-juz · 31-hizb309-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تِلْكَoʻshaўшаٱلْجَنَّةُjannatжаннатٱلَّتِىki, uniки, униنُورِثُmeros qilib berurmizмерос қилиб берурмизمِنْ-dan-данعِبَادِنَاbandalarimizбандаларимизمَنkimsagaкимсагаكَانَboʻlganбўлганتَقِيًّۭاtaqvodorтақводор
TafsirТафсир

Yaʼni, ular taqvolari tufayli oʻsha jannat merosxoʻrligiga nechogʻli haqdor boʻlsalar, shunchalik haqli boʻladilar. Boshqacha qilib aytganda, oʻsha jannat butkul ularniki. Chunki, Alloh taolo bu jannatga kiruvchilar faqat taqvodorlar boʻlishini iroda etgan. Bu jannatni faqat taqvodorlargagina bagʻishlagan.

Imom Buxoriy, imom Ahmad ibn Hanbal, imom Termiziy, imom Nasaiy va boshqa muhaddis ulamolarimiz rivoyat qilishlaricha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir muddat vahiy kelmay qolgan. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomning vahiy keltirishlarini juda ham orziqib kutganlar. Nihoyat, Jabroil alayhissalom kelganlarida, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam u zotga qarab: «Ey Jabroil, sening bu ziyorat etishingdan koʻra koʻproq ziyorat qilmasligingning sababi nima?»–dedilar. Yaʼni, nima uchun kech kelding? Buning sababi nedur? Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi. Oyati karimada Jabroil alayhissalomning tillaridan shunday deyiladi: