وَمَا نَتَنَزَّلُ إِلَّا بِأَمْرِ رَبِّكَ ۖ لَهُۥ مَا بَيْنَ أَيْدِينَا وَمَا خَلْفَنَا وَمَا بَيْنَ ذَٰلِكَ ۚ وَمَا كَانَ رَبُّكَ نَسِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz. Bizning oldimizdagi narsalar va ortimizdagi narsalar hamda ularning orasidagi narsalar ham Unikidir. Robbing unutguvchi bo`lmagan.Биз фақат Роббингнинг амри билангина тушамиз. Бизнинг олдимиздаги нарсалар ва ортимиздаги нарсалар ҳамда уларнинг орасидаги нарсалар ҳам Уникидир. Роббинг унутгувчи бўлмаган.Alauddin Mansour: «(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), biz yolgʻiz Pardigoringizning amri farmoni bilangina nozil boʻlurmiz. Oldimizdagi (Oxirat) ham, ortimizdagi (dunyo) ham, (dunyo va Oxirat) oʻrtasidagi barcha ish-amallar ham yolgʻiz Uningdir. Parvardigoringiz unutguvchi emasdir.«(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), биз ёлғиз Пардигорингизнинг амри фармони билангина нозил бўлурмиз. Олдимиздаги (Охират) ҳам, ортимиздаги (дунё) ҳам, (дунё ва Охират) ўртасидаги барча иш-амаллар ҳам ёлғиз Унингдир. Парвардигорингиз унутгувчи эмасдир.
Yaʼni, ey Muhammad, bizda oʻzimizcha tushaverish ixtiyori yoʻq.
«Biz faqat Robbingning amri bilangina tushamiz.»
Qachonki amr qilsagina, huzuringga tushamiz. Aks holda, amrni kutib turaveramiz. Jamiyki narsa Allohning izmida. Bizning oldimizdagi va ortimizdagi hamda har ikkisining orasidagi narsalar Unikidir.
Kelasi zamon, oʻtgan zamon, hozirgi zamon va mavjud barcha narsalar ham Allohnikidir. Ularda faqat Allohning Oʻzigina tasarruf qiladi. Biz muqarrab farishta boʻlganimiz bilan, bu ishlarda amr kutishdan va amrni bajo qilishdan boshqa imkonimiz yoʻq.
«Robbing unutguvchi boʻlmagan.»
U hech qachon hech narsani unutmagan, unutmaydi ham. Shu boisdan, senga maʼlum muddat vahiy tushmay qolsa, shoshilma. Robbing qachon vahiy tushirish lozimligini yaxshi biladi.