رَّبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا فَٱعْبُدْهُ وَٱصْطَبِرْ لِعِبَـٰدَتِهِۦ ۚ هَلْ تَعْلَمُ لَهُۥ سَمِيًّا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbidir. Bas, Unga ibodat qil va Uning ibodatida sabrli bo`l. Unga tengdoshni bilurmisan?У осмонлару ернинг ва улар орасидаги нарсаларнинг Роббидир. Бас, Унга ибодат қил ва Унинг ибодатида сабрли бўл. Унга тенгдошни билурмисан?Alauddin Mansour: U osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalarning Xojasidir. Bas, siz Unga ibodat qiling va bu ibodatda sabr-toqatli boʻling! Uning uchun biron «teng»ni bilurmisiz?! (Yoʻq! Bilmassiz!)»У осмонлар, Ер ва уларнинг орасидаги бор нарсаларнинг Хожасидир. Бас, сиз Унга ибодат қилинг ва бу ибодатда сабр-тоқатли бўлинг! Унинг учун бирон «тенг»ни билурмисиз?! (Йўқ! Билмассиз!)»
U zot shunday zotki, osmonlarning Robbidir. Yerning Robbidir. Osmonlaru yer orasidagi narsalarning Robbidir. Robbing bilmagan narsa yoʻqdir. Shunday ekan:
«Bas, Unga ibodat qil...»
Undan oʻzgaga ibodat qilma.
Burungi sharhlarimizda ham qayta-qayta takrorlaganimizdek, Islomda ibodat faqat baʼzi bir shaxsiy ruhiy urinishlar, zikr, tilovat, namoz, roʻza, haj va zakot kabi amallar bilan cheklanib qolmaydi. Balki, insonning butun hayoti–harakati, yurish-turishi, niyati, tirikchiligi–hamma-hammasi ibodatdir. Allohga ibodat qilish esa, insonning hayoti Allohning koʻrsatmalariga muvofiq kechishi yoʻlidagi urinishdir.
Bu harakat, albatta, oson kechmaydi. Har bir kattayu kichik amalni Allohning xohishiga munosib tarzda ado etish uchun kuch-gʻayrat, saʼy-harakat lozim. Boʻlganda ham, uzluksiz suvratda boʻlishi shart. Shuning uchun ham, oyatning davomida:
«...va Uning ibodatida sabrli boʻl», deyilmoqda.
Ha, inson sabr-matonat ila Allohga ibodat qilib, butun hayotini Uning koʻrsatmasiga mos etib yashagandagina maqsadga noil boʻladi.
«Unga tengdoshni bilurmisan?»
Yoʻq, albatta. U–abadiyat. U–makon va zamon. U–borliq. U– mangulik.
Surada bir guruh Paygʻambarlarning qissalari vaʼz-nasihat tarzida zikr qilindi. Bu qissalarning asosiy gʻoyalaridan biri Alloh taoloning tiriltirib oʻldiruvchi va yana tiriltiruvchi ekanini, qiyomat kunining haqligini isbot qilish. Keyingi oyatlarda kofirlar bu masalalarda qoʻzgʻashlari mumkin boʻlgan baʼzi shubhali masalalar zikr etilib, ularga ochiq-oydin hujjatlar bilan raddiya beriladi. Qiyomat kunida odamlarning holi nima kechishi taʼriflanadi: