قُلْ مَن كَانَ فِى ٱلضَّلَـٰلَةِ فَلْيَمْدُدْ لَهُ ٱلرَّحْمَـٰنُ مَدًّا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا رَأَوْا۟ مَا يُوعَدُونَ إِمَّا ٱلْعَذَابَ وَإِمَّا ٱلسَّاعَةَ فَسَيَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضْعَفُ جُندًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Kim zalolatda bo`lsa, Rohman unga muhlat berib qo`ysin. Toki o`zlariga va'da qilingan narsani — azobni yoki qiyomatni ko`rganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar», degin.Сен: «Ким залолатда бўлса, Роҳман унга муҳлат бериб қўйсин. Токи ўзларига ваъда қилинган нарсани — азобни ёки қиёматни кўрганларида, кимнинг мартабаси ёмонроқ ва аскари кучсизроқ эканини албатта билурлар», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Kim zalolatda boʻlsa, bas Rahmon unga muddat — umr bersin. Toki oʻzlariga (yaʼni, yoʻldan ozganlarga) vaʼda qilingan (dunyo) azobini yoki Qiyomat qoyim boʻlishini koʻrgan vaqtlarida, albatta kimning martabasi yomonroq va lashkari ojizroq ekanini bilurlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Ким залолатда бўлса, бас Раҳмон унга муддат — умр берсин. Токи ўзларига (яъни, йўлдан озганларга) ваъда қилинган (дунё) азобини ёки Қиёмат қойим бўлишини кўрган вақтларида, албатта кимнинг мартабаси ёмонроқ ва лашкари ожизроқ эканини билурлар.
Yaʼni, ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, oʻzining molu mulki, kuch-quvvati va majlislari bilan faxrlanib, moʻminlarni kamsitayotgan kofirlarga aytgin: «Biz oʻzimizni haq yoʻlda, sizlarni adashuv–zalolatda, sizlar esa, oʻzingizni haq, bizni zalolatda demoqdasiz. Har tomon oʻzining gapini maʼqullamoqda. Bunday hollarda ish yuqoriga havola qilinadi. Keling, biz ham kelishaylik-da, ishni Alloh taologa havola qilaylik.
«Kim zalolatda boʻlsa, Rohman unga muhlat berib qoʻysin.»
Yaʼni, bizlardan qaysi bir guruh zalolatda boʻlsa, Alloh unga muhlat berib qoʻysin. Umrini uzoq, hozirgi holatini bardavom qilsin. Ana shunda:
«Toki oʻzlariga vaʼda qilingan narsani – azobni yoki qiyomatni koʻrganlarida, kimning martabasi yomonroq va askari kuchsizroq ekanini albatta bilurlar».
Chunki, siz ham, biz ham zalolatga ketishning oqibati yomon ekanini bayon etmoqdamiz. Demak, qay birimiz zalolatda boʻlsak, bu dunyoda azobga uchraymiz yoki qiyomat kuni sharmanda boʻlamiz.