QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Maryam surasi · Oyatсураси · Оят76

وَيَزِيدُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ٱهْتَدَوْا۟ هُدًى ۗ وَٱلْبَـٰقِيَـٰتُ ٱلصَّـٰلِحَـٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ مَّرَدًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh hidoyatga yurganlarning hidoyatini ziyoda qiladi. Boqiy qoluvchi solih amallar Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.Ва Аллоҳ ҳидоятга юрганларнинг ҳидоятини зиёда қилади. Боқий қолувчи солиҳ амаллар Роббинг наздида савоби яхшироқ ва оқибати хайрлидир.Alauddin Mansour: Alloh haq yoʻldagi kishilarga yana hidoyatni ziyoda qilur. Parvardigoringiz nazdida abadiy qolguvchi yaxshi amallar savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham ortiqroqdir».Аллоҳ ҳақ йўлдаги кишиларга яна ҳидоятни зиёда қилур. Парвардигорингиз наздида абадий қолгувчи яхши амаллар савоб жиҳатидан ҳам, оқибат жиҳатидан ҳам ортиқроқдир».

310-sahifa · 16-juz · 31-hizb310-саҳифа · 16-жуз · 31-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَزِيدُva ziyoda qiladirва зиёда қиладирٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَkimsalarningкимсаларнингٱهْتَدَوْا۟hidoyatga yurganҳидоятга юрганهُدًۭى ۗhidoyatiniҳидоятиниوَٱلْبَـٰقِيَـٰتُva boqiy qoluvchiва боқий қолувчиٱلصَّـٰلِحَـٰتُsolih amallarсолиҳ амалларخَيْرٌyaxshiroqdirяхшироқдирعِندَnazdidaназдидаرَبِّكَRobbingРоббингثَوَابًۭاsavob jihatidanсавоб жиҳатиданوَخَيْرٌۭva yaxshiroqdirва яхшироқдирمَّرَدًّاoqibat jihatidanоқибат жиҳатидан
TafsirТафсир

Shunday qilib, kim va qay bir guruh hidoyatda boʻlsa, Alloh taoloning Oʻzi uning hidoyatini ziyoda qilib qoʻyadi va qaysi guruh haqligi, qay birining nohaqligi ayon boʻladi.

Alloh taolo bandalarining qadrini molu dunyo, mansab va amal, jamiyatu majlislar, tashqi koʻrinish bilan belgilamaydi. Balki:

«Boqiy qoluvchi solih amallar, Robbing nazdida savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir».

Imom Buxoriy va imom Muslim rahmatullohi alayhilar qilgan rivoyatda Xabbob ibn al-Art roziyallohu anhu quyidagilarni bayon etadilar: «Bir temirchi odam edim. Oss ibn Voilning mendan qarzi bor edi. Qarzni soʻrab uning huzuriga bordim. U: «Yoʻq! Allohga qasamki, Muhammadga kufr keltirmaguningcha qarzni qaytarmayman!»–dedi. Men: «Yoʻq! Allohga qasamki, hatto oʻlib, qayta tirilsang ham, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga kufr keltirmayman», dedim. U: «Agar men oʻlib, qayta tirilsam, albatta, molu dunyom va bola-chaqam koʻp boʻladi. Oʻshanda kelsang, qarzimni beraman», dedi. Bas, Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qildi».