أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى كَفَرَ بِـَٔايَـٰتِنَا وَقَالَ لَأُوتَيَنَّ مَالًا وَوَلَدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizga kufr keltirgan va: «Albatta, (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», deganni ko`rdingmi?!Оятларимизга куфр келтирган ва: «Албатта, (охиратда) менга молу дунё ҳамда бола-чақа берилажак», деганни кўрдингми?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Bizning oyatlarimizga kofir boʻlgan va: «Qasamki, albatta (Oxiratda ham) menga mol-mulk va bola-chaqa ato etilur», degan kimsani koʻrdingizmi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Бизнинг оятларимизга кофир бўлган ва: «Қасамки, албатта (Охиратда ҳам) менга мол-мулк ва бола-чақа ато этилур», деган кимсани кўрдингизми?
Nega u nobakor bu qadar ishonch bilan: «Albatta (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», demoqda? Bunchalik ishonch bilan gapirish uchun, albatta, kuchli dalil boʻlishi lozim. Yoki «U gʻoyibni bilarmikan?...» Foyibda unga oxiratda molu dunyo hamda bola-chaqa berilishi muqarrar ekanligi haqida alomat bormikan? Agar gʻoyibni bilmasa, uning bu gaplarni aytishiga yana boshqa bir asosli sabab boʻlishi lozim. Yaʼni: «...Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?!»