أَطَّلَعَ ٱلْغَيْبَ أَمِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحْمَـٰنِ عَهْدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U g`oyibni bilarmikan yoki Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?!У ғойибни билармикан ёки Роҳманнинг ҳузуридан аҳду паймон олдимикан?!Alauddin Mansour: U gʻoyibdan xabardor boʻldimikin yoki Rahmon dargohidan ahdu paymon oldimikin?!У ғойибдан хабардор бўлдимикин ёки Раҳмон даргоҳидан аҳду паймон олдимикин?!
Nega u nobakor bu qadar ishonch bilan: «Albatta (oxiratda) menga molu dunyo hamda bola-chaqa berilajak», demoqda? Bunchalik ishonch bilan gapirish uchun, albatta, kuchli dalil boʻlishi lozim. Yoki «U gʻoyibni bilarmikan?...» Foyibda unga oxiratda molu dunyo hamda bola-chaqa berilishi muqarrar ekanligi haqida alomat bormikan? Agar gʻoyibni bilmasa, uning bu gaplarni aytishiga yana boshqa bir asosli sabab boʻlishi lozim. Yaʼni: «...Rohmanning huzuridan ahdu paymon oldimikan?!»