وَنَرِثُهُۥ مَا يَقُولُ وَيَأْتِينَا فَرْدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U aytayotgan narsaga merosxo`r bo`lurmiz va u Bizga yolg`iz holida kelur.У айтаётган нарсага меросхўр бўлурмиз ва у Бизга ёлғиз ҳолида келур.Alauddin Mansour: U aytayotgan (mol-dunyoga) Biz merosxoʻr boʻlurmiz va u huzurimizga yolgʻiz holda kelur.У айтаётган (мол-дунёга) Биз меросхўр бўлурмиз ва у ҳузуримизга ёлғиз ҳолда келур.
Kofir «oxiratda menga beriladi...» deb daʼvo qilayotgan narsaga–molu dunyo va bola-chaqalarga Biz merosxoʻr boʻlamiz. Bizdan soʻng hech kim qolmas. Kofir molu mulk, bola-chaqa va boshqa dunyoviy narsalaridan judo boʻlgan yolgʻiz holida Bizga–huzurimizga keladi. Oʻsha payt u bilan qanday muomala qilishni Oʻzimiz bilamiz.
Kofirlar xuddi shunday yolgʻiz hollarida faqatgina Bizning huzurimizga kelishlarini unutib: