يَوْمَ نَحْشُرُ ٱلْمُتَّقِينَ إِلَى ٱلرَّحْمَـٰنِ وَفْدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hay'ati etib to`plagan kunimizda.Тақводорларни Роҳман ҳузурига меҳмон ҳайъати этиб тўплаган кунимизда.Alauddin Mansour: Biz taqvodor zotlarni otliq hollarida Rahmon dargohiga toʻplaydigan,Биз тақводор зотларни отлиқ ҳолларида Раҳмон даргоҳига тўплайдиган,
Bu ikki oyatda qiyomat kuni moʻminlarning holi hamda kofirlarning holi qanday boʻlishi aniq namoyon boʻlmoqda. Qiyomat kuni Alloh taoloning huzuriga taqvodor moʻminlar xuddi mehmonga kelgan guruh–hayʼatdek hurmat va eʼzoz bilan, jamoat holida keltirilar ekanlar.
Kofirlar esa, jahannamda kuyib kul boʻlishlari uchun, chanqoq hollarida, hayvon podasi siyoqida haydab olib kelinadilar. Oʻshanda: