لَّا يَمْلِكُونَ ٱلشَّفَـٰعَةَ إِلَّا مَنِ ٱتَّخَذَ عِندَ ٱلرَّحْمَـٰنِ عَهْدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular shafoatga molik bo`lmaslar. Magar kim Rohman huzurida ahdu paymon olgan bo`lsa (molik bo`lar).Улар шафоатга молик бўлмаслар. Магар ким Роҳман ҳузурида аҳду паймон олган бўлса (молик бўлар).Alauddin Mansour: (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahdu-paymon olgan, (Allohni bir bilib zimmalaridagi farzlarni ado etgan) kishilargina shafoat qilishga ega boʻlurlar.(У кунда) фақат Раҳмон наздида аҳду-паймон олган, (Аллоҳни бир билиб зиммаларидаги фарзларни адо этган) кишиларгина шафоат қилишга эга бўлурлар.
Qiyomat kuni hech kim birovni shafoat qila olmaydi va birovning shafoatidan bahramand ham boʻla olmaydi. Bundan mustasno boʻladiganlar, shafoatga molik boʻlganlar faqat Allohning Oʻzidan bu haqda ahdu paymon olganlardir, xolos.
Kelgusi oyatlarda kofirlarning yana bir ulkan gunohlari muolaja qilinadi. Mushriklarning eng katta qabohatlari haqida soʻz ketadi: