QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят100

أَوَكُلَّمَا عَـٰهَدُوا۟ عَهْدًا نَّبَذَهُۥ فَرِيقٌ مِّنْهُم ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yo`q! Ularning ko`plari iymon keltirmaslar.Ҳар қачон аҳд қилсалар, улардан бир гуруҳи уни бузаверадими?! Йўқ! Уларнинг кўплари иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Har qachon biron ahdga ahdlashsalar ulardan bir guruhi buzaveradimi? Haqiqatan ularning koʻpi iymonsizlardir.Ҳар қачон бирон аҳдга аҳдлашсалар улардан бир гуруҳи бузаверадими? Ҳақиқатан уларнинг кўпи иймонсизлардир.

15-sahifa · 1-juz · 2-hizb15-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَكُلَّمَاhar qachonҳар қачонعَـٰهَدُوا۟ahd qilishsalarаҳд қилишсаларعَهْدًۭاahdаҳдنَّبَذَهُۥuni buzaveradimiуни бузаверадимиفَرِيقٌۭbir guruhiбир гуруҳиمِّنْهُم ۚulardanуларданبَلْyoʻqйўқأَكْثَرُهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурлар
TafsirТафсир

Yahudiylarning ahdni buzuvchi xalq ekanligi avvalgi oyatlar ila sobit boʻlgan edi. Ushbu oyatda ularning yana bir jihatlari fosh etilmoqda. Yaʼni, ular tarqoq fikrli odamlar hamdir. Birlarining boshqalari bilan ishi yoʻq: havoi nafsi xohlasa, ahdu paymonlarini buzaveradilar. Hamisha shunday. Allohga Tur togʻi tagida qilgan ahdlarini ham buzdilar.

Paygʻambar alayhissalom Madiynai Munavvaraga dastlab kelganlarida yahudiylar ochiq dushmanlik qilib turganlariga qaramay, ular bilan ahdnoma tuzgan edilar.

Yahudiylar oxirgi zamon Paygʻambari Muhammad alayhissalomga bergan ahd-paymonlarini ham buzdilar.

Keyingi oyatda yahudiylarning ahdni buzishlariga yana bir misol keltiriladi: