QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят102

وَٱتَّبَعُوا۟ مَا تَتْلُوا۟ ٱلشَّيَـٰطِينُ عَلَىٰ مُلْكِ سُلَيْمَـٰنَ ۖ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَـٰنُ وَلَـٰكِنَّ ٱلشَّيَـٰطِينَ كَفَرُوا۟ يُعَلِّمُونَ ٱلنَّاسَ ٱلسِّحْرَ وَمَآ أُنزِلَ عَلَى ٱلْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَـٰرُوتَ وَمَـٰرُوتَ ۚ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَآ إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌ فَلَا تَكْفُرْ ۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِۦ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَزَوْجِهِۦ ۚ وَمَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِۦ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ ۚ وَلَقَدْ عَلِمُوا۟ لَمَنِ ٱشْتَرَىٰهُ مَا لَهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِنْ خَلَـٰقٍ ۚ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْا۟ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمْ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo`q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o`rgatib, kofir bo`ldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna — sinov uchunmiz, kofir bo`lmagin», demasdan oldin hech kimga o`rgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning o`rtasini buzadigan narsani o`rganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o`rganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo`q. Agar bilsalar, o`zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!Ва Сулаймон подшолигида шайтонлар тиловат қилган нарсага эргашдилар. Сулаймон куфр келтиргани йўқ. Лекин шайтонлар одамларга сеҳрни ўргатиб, кофир бўлдилар. Ва Бобилда Ҳорут ва Морут номли икки фариштага тушган нарсага эргашдилар. Икковлари ҳатто: «Биз фитна — синов учунмиз, кофир бўлмагин», демасдан олдин ҳеч кимга ўргатмасдилар. Бас, икковларидан эр-хотиннинг ўртасини бузадиган нарсани ўрганишар эди. Ва улар у ила Аллоҳнинг изнисиз бирор кишига зарар етказувчи эмасдилар. Ва улар зарар келтирадиган, фойда келтирмайдиган нарсани ўрганурлар. Ва батаҳқиқ, биладиларки, уни сотиб олган кишига охиратда насиба йўқ. Агар билсалар, ўзларини сотган нарса қандоқ ҳам ёмон!Alauddin Mansour: Va Sulaymon davridagi shaytonlar (jinlar) aytgan narsalarga ergashadilar. Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr oʻrgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar. — Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (yaʼni odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir boʻlib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa oʻrgatmas edilar. — Va oʻshalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning oʻrtasini buzadigan narsalar oʻrganadilar. (Lekin) ular (yahudiy sehrgarlar) sehr bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Va hech foydasiz, bilʼaks zararli narsalarni oʻrganadilar. Axir (Allohning kitobi oʻrniga sehrni) almashgan kimsalarga Oxiratda hech qanday nasiba yoʻq ekanini bilgan edilar-ku. Jonlarini naqadar yomon narsaga (yaʼni Oxiratdagi mahrumlikka) sotganlarini bilsalar edi.Ва Сулаймон давридаги шайтонлар (жинлар) айтган нарсаларга эргашадилар. Сулаймон кофир эмас эди, балки одамларга сеҳр ўргатадиган шайтонлар кофир эдилар. Ва Бобилдаги Ҳорут ва Морут номли фаришталарга туширилган нарсаларга эргашадилар. — Ҳолбуки, у фаришталар: «Биз фақатгина фитнамиз (яъни одамларни алдаб имтиҳон қилиш учун юборилганмиз), бас, (биз айтган нарсаларни қилиб) кофир бўлиб қолма», демасдан туриб ҳеч кимга ҳеч нарса ўргатмас эдилар. — Ва ўшалардан (Ҳорут ва Морутдан) эр-хотиннинг ўртасини бузадиган нарсалар ўрганадилар. (Лекин) улар (яҳудий сеҳргарлар) сеҳр билан Аллоҳнинг изнисиз ҳеч кимга зарар етказа олмайдилар. Ва ҳеч фойдасиз, билъакс зарарли нарсаларни ўрганадилар. Ахир (Аллоҳнинг китоби ўрнига сеҳрни) алмашган кимсаларга Охиратда ҳеч қандай насиба йўқ эканини билган эдилар-ку. Жонларини нақадар ёмон нарсага (яъни Охиратдаги маҳрумликка) сотганларини билсалар эди.

16-sahifa · 1-juz · 2-hizb16-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتَّبَعُوا۟va ergashdilarва эргашдиларمَاnarsagaнарсагаتَتْلُوا۟tilovat qilganтиловат қилганٱلشَّيَـٰطِينُshaytonlarшайтонларعَلَىٰ-da-даمُلْكِpodsholigidaподшолигидаسُلَيْمَـٰنَ ۖSulaymonСулаймонوَمَاva emasва эмасكَفَرَkufr keltirganкуфр келтирганسُلَيْمَـٰنُSulaymonСулаймонوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱلشَّيَـٰطِينَshaytonlarшайтонларكَفَرُوا۟kofir boʻldilarкофир бўлдиларيُعَلِّمُونَoʻrgatibўргатибٱلنَّاسَodamlargaодамларгаٱلسِّحْرَsehrniсеҳрниوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَtushganтушганعَلَى-ga-гаٱلْمَلَكَيْنِikki farishtaикки фариштаبِبَابِلَBobildaБобилдаهَـٰرُوتَHorutҲорутوَمَـٰرُوتَ ۚva Morutва Морутوَمَاva emasва эмасيُعَلِّمَانِikkovlari oʻrgatarикковлари ўргатарمِنْhechҳечأَحَدٍkimgaкимгаحَتَّىٰtoтоيَقُولَآikkovlari aytmasaикковлари айтмасаإِنَّمَاalbattaалбаттаنَحْنُbizбизفِتْنَةٌۭfitna-sinovmizфитна-синовмизفَلَاbasбасتَكْفُرْ ۖkofir boʻlmaginкофир бўлмагинفَيَتَعَلَّمُونَbas ular oʻrganishar ediбас улар ўрганишар эдиمِنْهُمَاikkovlaridanикковлариданمَاnarsaniнарсаниيُفَرِّقُونَajratadiganажратадиганبِهِۦu bilanу биланبَيْنَoʻrtasiniўртасиниٱلْمَرْءِerэрوَزَوْجِهِۦ ۚva xotininingва хотининингوَمَاva emasва эмасهُمularуларبِضَآرِّينَzarar yetkazuvchiзарар етказувчиبِهِۦu bilanу биланمِنْhechҳечأَحَدٍbir kishigaбир кишигаإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَيَتَعَلَّمُونَva oʻrganadilarва ўрганадиларمَاnarsaniнарсаниيَضُرُّهُمْularga zarar keltiradiganуларга зарар келтирадиганوَلَاva emasва эмасيَنفَعُهُمْ ۚularga foyda beradiganуларга фойда берадиганوَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқعَلِمُوا۟biladilarбиладиларلَمَنِkimкимٱشْتَرَىٰهُuni sotib olsaуни сотиб олсаمَاemasэмасلَهُۥungaунгаفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratdaохиратдаمِنْhechҳечخَلَـٰقٍۢ ۚnasibaнасибаوَلَبِئْسَva qanday yomonва қандай ёмонمَاnarsaнарсаشَرَوْا۟sotganсотганبِهِۦٓungaунгаأَنفُسَهُمْ ۚoʻzlariniўзлариниلَوْagarагарكَانُوا۟edilarэдиларيَعْلَمُونَbilsalarбилсалар
TafsirТафсир

Demak, yahudiylar Allohning kitobini xuddi bilmagandek ortlariga irgʻitib yuborib, Sulaymon alayhissalom podsholiklari haqida shaytonlar aytib yuradigan narsaga ergashib ketdilar. Maʼlumki, Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga ham Paygʻambarlik, ham podsholikni bergan edi. Shu bilan birga, u kishiga butun hayvonlarning tilini oʻrgatib, jinlarni xizmatlarida hoziru nozir qilib qoʻygan edi. Bu ilohiy moʻʼjizalar u kishining Paygʻambar ekanliklarini tasdiqlash uchun berilgan edi. Mazkur moʻʼjizalar haqidagi oyatlar boshqa joylarda kelgan, oʻrni bilan alohida oʻrganiladi. Hozir mavzuga aloqador tomoni shulki, Alloh Sulaymon alayhissalomga bergan mazkur moʻʼjizalarni koʻrib, odamlardan baʼzilari iymonga keldi, iymonlilarning iymonlari mustahkamlandi. Ammo kofirlar, dushmanlar va shaytonlar: «Sulaymon sehrgar, u oʻz sehrining kuchi bilan turli hayvonlar ila munosabatda boʻlmoqda, jinlarni ishlatmoqda, degan gaplarni tarqatishdi. Bunday mish-mishni tarqatishda yahudiylar qavmi ayniqsa jonbozlik koʻrsatgan edi. Shunda Alloh taolo Paygʻambarlarga bergan moʻʼjizalar bilan sehrning farqini amaliy suratda koʻrsatish uchun Bobilga Horut va Morutni yubordi. Ular xohlaganlarga sehr oʻrgatish bilan vazifalangan edilar. Ammo sehr oʻrgangani kelganlarga avval:

«Biz fitna – sinov uchunmiz, kofir boʻlmagin», demasdan oldin hech kimga oʻrgatmasdilar».

Yaʼni, «Biz fitna uchun, odamlarni sinash uchun yuborilganmiz, sehrni oʻrgangan kofir boʻladi, sen ham uni oʻrganib kofir boʻlma», degan maʼnoda ogohlantirishar edi. Kelgan odam bu gaplardan keyin qaytib ketsa ketdi, ketmasa, kofir boʻlishini bilib turib ham, oʻrganaveraman, desa, oʻrgatishar edi. Mana shuning oʻzidan Paygʻambarlik moʻʼjizasi bilan sehr oʻrtasidagi eng katta farq namoyon boʻladi. Paygʻambarlik moʻʼjizasi ilohiy neʼmat boʻlib, faqat Alloh tomonidan beriladi. Sehr esa, oʻrgatuvchidan oʻrgansa boʻladigan, yomonlikka ishlatiladigan bir narsadir. Shunday qilib, moʻʼjiza nimayu sehr nima–kishilarga amalda koʻrsatilgan ekan. Ushbu oyati karima mazkur masalani muolaja qilarkan, Sulaymon sehrgar boʻlgan, degan daʼvoga,

«Sulaymon kufr keltirgani yoʻq», degan javob kelmoqda. Shundan anglashiladiki, sehr kufrga tenglashtirilmoqda. Bu maʼnoni

«Lekin shaytonlar odamlarga sehrni oʻrgatib, kofir boʻldilar», degan jumla yanada taʼkidlamoqda.

Bu ishlar Bobil nomli yurtda boʻlgani ham aytilmoqda. Hamda Horut va Morut ismlari ham zikr qilinmoqda:

«Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar».

Horut va Morutlar kimligi toʻgʻrisida tafsirchilar turli fikrlarni aytganlar. Lekin bu fikrlarning hammasi ham ishonchli manbaga asoslanmaganligini ulamolarimiz alohida taʼkidlaganlar. Shuning uchun, oyatdagi iboralarning tarkibidan, bu ikki ism egalari farishta boʻlgan, deb aytganlarning fikri quvvatliroq chiqqan. Alloh taolo insonlarni xohlagan usulda, xohlagan vositalar ila sinab koʻradi, buning hech ajablanadigan joyi yoʻq.

Kofirlikni ham boʻyniga olib sehrni oʻrganganlar nimaga ishlatishadi bu sehrlarini?

«Bas, ikkovlaridan er-xotinning oʻrtasini buzadigan narsani oʻrganishar edi».

Demak, ular sehrni yaxshilik uchun oʻrganmas ekanlar. Ular sehrni yomon narsaga ishlatishar ekan. Ammo:

«ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar».

Ushbu jumlada dunyodagi ishlarning borishi haqidagi islomiy tasavvur oʻz aksini topgan. Yaʼni, dunyoda nima ish sodir boʻlsa, barchasi Allohning izni bilan sodir boʻladi. Toʻgʻri, Alloh har bir ishning yuzaga chiqishi uchun sabablarning vujudga kelishini shart qilgan. Ammo oʻsha sabablar ham Allohning izni bilan taʼsir qiladi. Ilmi kalom ulamolari bu maʼnoni tushuntirish uchun olovni misol qilishadi. Olovni paxtaga tutsang, paxta kuyadi. U olovdagi kuydirish xususiyati tufayli kuyadimi yoki oʻzidagi kuyishga boʻlgan qobiliyat tufayli kuyadimi? Chunki olovda kuymaydigan narsalar ham bor-ku. Xullasi kalom, hammasi Allohning izni bilan boʻladi. Agar Alloh taolo xohlasa olovdan kuydirish xususiyatini olib qoʻyadi. U zot kuydirishga izn bermasa, olov hech narsani kuydira olmaydi. Misol uchun, Ibrohim alayhissalomni mushriklar katta gulxanga tashlaganlarida, Alloh taoloning amri ila u olov Ibrohim Paygʻambarni kuydirmagan.

Shuningdek, sehrgarlar ham sehrni qilishaveradi. Ammo Allohning izni boʻlmasa, hech kimga zarar yetkaza olmaydilar.

Oyati karimadagi,

«Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani oʻrganurlar» jumlasi sehr faqat zararli narsa ekanini tasdiqlaydi. Bu esa, yahudiylarning sehrni maqtab aytadigan gaplariga raddiyadir. Shu bilan birga, sehrni oʻrgangan, uni yomonlikka ishlatganlarga oxiratda hech qanday nasiba qolmaydi.

«Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yoʻq».

Buni ularning oʻzlari ham yaxshi biladilar. Sehr toʻgʻrisidagi ushbu oyati karima va boshqa unga tegishli matnlar asosida ulamolar uzoq tortishganlar. Hatto alohida kitob yozganlar ham bor. Bu tortishuvlar: «Sehr nima? Uning haqiqati haqida nima deymiz? Sehrda narsalarning tabiati oʻzgaradimi yoki odamlarning koʻziga koʻrinish oʻzgarib, oʻzi asl holida qoladimi?»–mana shu masalalar ustida boʻlgan. Ammo sehr yomon narsa ekanligi, uni oʻrganish musulmon odam uchun mumkin emasligi haqida ixtilof yoʻq.

Tajriba shuni koʻrsatadiki, baʼzi odamlarda gʻayrioddiy xususiyatlar boʻladi. Ayniqsa, hozirgi kunda telepatiya, magnit uyqusi, ekstrasens va boshqa xususiyatlar haqida shov-shuvlar koʻpaygan. Ammo ilmiy asosdagi aniq xulosa yoʻq. Baʼzi shaxslarda bosh-qa kishilarga taʼsir oʻtkazish xususiyati borligi aniq. Sehr ham oʻsha narsalarga oʻxshash bir holat boʻlishi mumkin. Oʻsha xususiyat bilan taʼsir oʻtkazib, er bilan xotinni ajratib yuborish mumkindir. Lekin bunaqa ishlarning barchasi Allohning izni bilan boʻlishini unutmaslik kerak.

Oyati karimaning oxirida ularning qilmishlariga munosib baho beriladi.

«Agar bilsalar, oʻzlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!»

Holbuki, Bani Isroilga shaytonlarning aytganiga ishonib, sehrgarlarni ulugʻlab, ularga havas qilishdan boshqa yaxshi ishlar ham bor edi: