يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَقُولُوا۟ رَٰعِنَا وَقُولُوا۟ ٱنظُرْنَا وَٱسْمَعُوا۟ ۗ وَلِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! «Ro'ina» demanglar, «unzurna» denglar va tinglanglar. Va kofirlarga alamli azob bo`lur.Эй, иймон келтирганлар! «Роъина» деманглар, «унзурна» денглар ва тингланглар. Ва кофирларга аламли азоб бўлур.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, «Roʼino» demang. «Unzurno» denglar. Va (Allohning amr-nahiy-farmon-taʼqiqlariga) quloq soling! Kofirlar uchun alamli azob bor.Эй мўминлар, «Роъино» деманг. «Унзурно» денглар. Ва (Аллоҳнинг амр-наҳий-фармон-таъқиқларига) қулоқ солинг! Кофирлар учун аламли азоб бор.
Oʻtgan oyatlarda moʻmin-musulmonlarga koʻpgina darslar berildi. Bani Isroil bilan boʻlgan munosabatlar aytib oʻtildi. Bu oyatda esa, birinchi bor moʻmin-musulmonlarga:
«Ey, iymon keltirganlar», deya xitob qilinyapti. Ayni chogʻda, yahudiylarning musulmonlarga, Islomga qarshi olib boradigan hiylanayranglarini, kirdikorlarini fosh qilishda davom etilmoqda.
«Roʼina» demanglar, «unzurna» denglar va tinglanglar».
Ushbu oyati karimaning maʼnosini toʻliq va aniq tushunish uchun, u tushguncha boʻlib oʻtgan hodisalarni hamda qoʻshtirnoq ichidagi u ikki soʻzning maʼnolarini yaxshilab oʻrganib chiqish kerak.
Imom Abu Barakot Nasafiy rivoyat qiladilarki, sahobai kiromlar oʻrganishi lozim boʻlgan narsalarni saboq olsalar, Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalomga: «Roʼina», yaʼni, kuzatib turing, tushunib, oʻzlashtirib olaylik, deyishar ekan. Ammo pastkash yahudiylar musulmonlarni tahqirlash uchun shu holatdan ham foydalanishibdi.
Ular oʻzlarining ibroniy tillarida xuddi «roʼina» kabi talaffuz etiladigan, lekin soʻkish, masxara maʼnosida ishlatiladigan soʻzni Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganda aytadigan boʻlishibdi. Sirtdan, xuddi sahobai kiromlarga oʻxshab, kuzatib turing, qarab turing, degan boʻlishadi-yu, aslida, niyatlari u kishini soʻkish, masxara qilish boʻladi. Shunda Alloh taolo musulmonlarga «roʼina» soʻzini shu maʼnodagi «unzurna» bilan almashtirishni buyurdi. Yaʼni, bizni rioya qilib turing, oʻrniga, bizga nazar soling, degan iborani ishlatishga amr qildi.
Mazkurlardan bilinib turibdiki, kofirlar, xususan, yahudiylar musulmonlarga qarshi qoʻllaridan kelgan barcha yomonlikni qilishga tayyorlar. Musulmonlar buni unutmasinlar.
Ey musulmonlar, yana shuni yaxshi bilingki,