QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят105

مَّا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ وَلَا ٱلْمُشْرِكِينَ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْكُم مِّنْ خَيْرٍ مِّن رَّبِّكُمْ ۗ وَٱللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaslar. Va holbuki, Alloh O`z rahmatini kimga xohlasa, o`shanga xos qiladir. Alloh ulug` fazl egasidir.Аҳли китоб ва мушриклардан бўлган кофирлар сизларга Роббингиздан яхшилик туширилишини ёқтирмаслар. Ва ҳолбуки, Аллоҳ Ўз раҳматини кимга хоҳласа, ўшанга хос қиладир. Аллоҳ улуғ фазл эгасидир.Alauddin Mansour: Na ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar)dan boʻlgan kofirlar va na mushriklar sizga Parvardigoringiz tarafidan bir yaxshilik (yaʼni vahiy) tushishini istamaydilar. Alloh esa rahmat-marhamatini oʻzi xohlagan kishilarga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam Sohibidir.На аҳли китоблар (яҳудий ва насронийлар)дан бўлган кофирлар ва на мушриклар сизга Парвардигорингиз тарафидан бир яхшилик (яъни ваҳий) тушишини истамайдилар. Аллоҳ эса раҳмат-марҳаматини ўзи хоҳлаган кишиларга хос қилиб беради. Аллоҳ буюк фазлу карам Соҳибидир.

16-sahifa · 1-juz · 2-hizb16-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّاemasэмасيَوَدُّyoqtiradilarёқтирадиларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобوَلَاva emasва эмасٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушрикларأَن-ki-киيُنَزَّلَtushirilishiniтуширилишиниعَلَيْكُمsizlargaсизларгаمِّنْbirorбирорخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликمِّن-dan-данرَّبِّكُمْ ۗRobbingizРоббингизوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَخْتَصُّxos qiladiхос қиладиبِرَحْمَتِهِۦOʻz rahmatiniЎз раҳматиниمَنkimgaкимгаيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳذُوegasidirэгасидирٱلْفَضْلِfazlфазлٱلْعَظِيمِulugʻулуғ
TafsirТафсир

Islomiy istilohda «ahli kitob» deb, Allohdan samoviy kitob tushgan qavmlarga aytiladi. Yaʼni, yahudiylar (ahli Tavrot) va nasorolar (ahli Injil) nazarda tutiladi. Ahli Zabur hozirda qolmagan.

«Mushriklar» esa, kitobi yoʻq, Allohning sherigi bor, degan aqiydadagi kishilardir.

Oyati karimaning taʼkidlashicha, oʻsha kofirlarning hammasi– ahli kitobi ham, mushriklari ham moʻmin-musulmonlarga yaxshilikni ravo koʻrmaydilar. Bu oyatdagi «yaxshilik»dan murod–vahiydir. Kofirlar qancha hasad qilsalar ham, yoqtirmasalar ham, baribir,

«Alloh Oʻz rahmatini kimga xohlasa, oʻshanga xos qiladir». Vahiyni, ilohiy kitobni Muhammad alayhissalomga xos qilishni xohlabdimi, shuni roʻyobga chiqaradi.

Oyati karimaning soʻngidagi

«Alloh ulugʻ fazl egasidir» jumlasidan bilinib turibdiki, Paygʻambarlik va vahiy ulugʻ fazllardan ekan.

Maʼlumki, yahudiylarning Islomga, musulmonlarga qarshi fitnalarida eng yaxshi koʻrgan uslublari turli mish-mishlar tarqatish, aqiydaga va shariatga futur yetkazadigan shubhali gaplarni toʻqib chiqarish edi. Avvalgi oyatlardan ham bu tabiatlarini koʻrdik. Alloh taolo buzilib, izdan chiqqan inson jamiyatinining ijtimoiy kasalliklarini xuddi ogʻir kasalni ustalik bilan davolayotgan tabib kabi davolaydi. Tabib asosiy kasallikni davolashdan oldin atrofdagi mayda kasallarga vaqtinchalik dorilar berib turib, keyinchalik, fursati kelganda, asosiy dorini ishga solganday, Alloh taolo johiliyat dardlarini davolashda oldin bir hukmni joriy qilib turib, vaqti yetganda uni amaldan qoldirib, oʻrniga asosiy hukmni joriy etar edi. Buni «nasx» deyiladi. Islom shariatida nasx borligini bilgan yahudiylar oʻz odatlaricha fitna qoʻzib, visir-visir gap tarqata boshladilar.

Ular: «Muhammadni koʻryapsizlarmi, bugun sheriklariga bir ishni buyursa, ertaga undan qaytarib, boshqasiga buyuryapti. Bugun bir gapni aytsa, ertaga undan tonyapti», deb gap tarqatdilar.

Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni tushirdi. Bu oyatda Allohning avvalgi oyatda zikr qilingan ulugʻ fazli namoyon boʻldi. Chunki nasx ham Uning fazlidan boʻlib, bandalarga yengillik uchundir.