QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят107

أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham yo`qligini bilmadingmi?Албатта, осмонлару ернинг мулки Аллоҳники эканини ва сизларга Аллоҳдан ўзга дўст ҳам, ёрдамчи ҳам йўқлигини билмадингми?Alauddin Mansour: Yeru osmonlar yolgʻiz Allohning mulki ekanini va sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoki yordamchi yoʻq ekanini bilmadingizmi?Еру осмонлар ёлғиз Аллоҳнинг мулки эканини ва сизлар учун Аллоҳдан ўзга бирон дўст ёки ёрдамчи йўқ эканини билмадингизми?

17-sahifa · 1-juz · 2-hizb17-саҳифа · 1-жуз · 2-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْaxirахирتَعْلَمْbilmadingmiбилмадингмиأَنَّalbattakiалбаттакиٱللَّهَAllohАллоҳلَهُۥUnikidirУникидирمُلْكُmulkiмулкиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۗva yerningва ернингوَمَاva yoʻqва йўқلَكُمsizlargaсизларгаمِّن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳمِنhechҳечوَلِىٍّۢdoʻstдўстوَلَاva yoʻqва йўқنَصِيرٍyordamchiёрдамчи
TafsirТафсир

«Nasx» soʻzi lugʻatda oʻzgartirish, bekor qilish maʼnosini bildiradi. Shariat taʼrifida esa, bir sharʼiy hukmning undan keyin kelgan sharʼiy dalil bilan bekor qilinishiga aytiladi. Tushunish uchun oddiy bir misol keltiradigan boʻlsak, koʻpchilik boʻlar-boʻlmasga Paygʻambar alayhissalom huzurlariga kirib, bekorchi gaplar bilan u zotning vaqtlarini olishaverganidan soʻng, Alloh taolo oyat tushirib, kim Paygʻambar alayhissalom bilan huzurlarida yolgʻiz qolib gaplashmoqchi boʻlsa, gaplashishdan oldin sadaqa qilishga buyurdi. Odamlar bu orqali Paygʻambar alayhissalomning qimmatli vaqtlarini bekor oʻtkazmaslik lozim ekanligini anglab boʻlganlaridan soʻng, boshqa oyat tushirib, avvalgi hukm bekor qilingani eʼlon etildi.

Ushbu oyati karimalarda Alloh taolo har bir narsaga qodir ekanligi taʼkidlangan. Ana shu qudrati ila xohlagan oyatni nasx qiladi, xohlaganini unutdiradi. Bu xohishni yahudiylar chegaralay olmaydilar. Shuningdek, osmonlaru yerning mulki Allohniki, jumladan, qaysi oyatni nasx etish, qay birini unut qilish ham U Zotning Oʻzining mulki, Oʻzi biladi.

Yuqoridagi oyatlarda xitob moʻminlarga qaratilgan boʻlib, unda ogohlantirish va eslatish bor edi. Yahudiylarning fitnachilik bilan tarqatgan gaplari baʼzi moʻmin-musulmonlarga taʼsir qilib, Paygʻambar alayhissalomga turli boʻlgan-boʻlmagan savollar berishga ham urinib qolganlarida, Alloh taolo quyidagi oyatni tushirdi: