وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ قَالُوٓا۟ إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar ularga, yer yuzida fasod qilmang, deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz, derlar.Ва агар уларга, ер юзида фасод қилманг, дейилса, биз фақат ислоҳ қилувчилармиз, дерлар.Alauddin Mansour: Ularga: «Yer yuzida buzgʻunchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar.Уларга: «Ер юзида бузғунчилик қилманглар», дейилса, «Биз ислоҳ қилувчилармиз», дейдилар.
Munofiqlar oʻz tabiatlaridan kelib chiqib, yer yuzida fasod ishlar–kofirlik, gunoh, buzuqlik, zulm qiladilar. Agar ularga bu nomaʼqul ishlari eslatilib, «yer yuzida fasod qilmang», deyilsa, ular mazkur nomaʼqul ishlardan qaytish tugul, balki balanddan keladilar va:
«Biz faqat isloh qiluvchilarmiz», deydilar. Yaʼni, qilayotgan fasodlarini isloh–yaxshilik deb daʼvo qiladilar.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi Salmoni Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilishlaricha, u kishi ushbu oyatni oʻqib turib, bu oyatning ahli hali-hanuz kelganlari yoʻq, degan ekanlar.
Ammo bizning vaqtimizga kelib, ular yer yuzini bosib ketdilar. Islomdan xabarlari yoʻq, qalblarida iymondan zarracha ham yoʻq, qilgan ishlari dinu diyonatga, moʻmin-musulmonlarga qarshilikdan boshqa narsa emas-ku, lekin, men musulmonman, Qurʼonni oʻqib chiqdim, Kaʼbani ziyorat qildim, u qildim-bu qildim, deb oʻzini islohchi sifatida eʼlon qiladi.
Ammo ularning gaplari puch. Alloh hammasini koʻrib-bilib turadi. Ularning asl bahosini U zotning Oʻzi beradi.